Tadqiqotlari
-rasm. Tadqiqot ketma-ketligi
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
2.2-rasm. Tadqiqot ketma-ketligi
Har qanday model belgilangan tamoyillarga tayanadi, xususan, marketing tadqiqotida quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur: - ilmiylik, ya’ni o‘rganilayotgan bozor jarayonlari va hodisalarini ilmiy qoidalar va ob’ektiv olingan ma’lumotlar asosida ushuntirish va oldindan aytib berish, shuningdek, bu hodisa va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash; - tizimlilik, ya’ni hodisani tashkil qiluvchi alohida tarkibiy elementlarni ajratish, iyerarxik aloqalarni aniqlash; - komplekslilik, ya’ni hodisa va jarayonlari to‘liqligicha, ularning o‘zaro aloqalari va rivojlanishini o‘rganish; - ishonchlilik, ya’ni ma’lumot to‘plash va qayta ishlashning ilmiy tamoyillarini ta’minlash hisobiga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlar olish, baholarda tarafkashlikka yo‘l qo‘ymaslik, puxta nazorat, EHMdan foydalanish; - ob’ektivlik, ya’ni u yoki bu hodisaning uchrashi mumkin bo‘lgan xatoliklarini hisobga olish, dalillarni oldindan belgilangan sxemaga moslashtirmaslik, dalillarni sharhlashda ehtiyot bo‘lish talabi; - tashabbuskorlik, ya’ni ijodiy yondashuvni amalga oshirish, tashabbus ko‘rsatish, yangi, noan’anaviy tadqiqot yo‘llarini izlab topish: marketing tadqiqotlariga to‘g‘ri kelmayd; - samaradorlik, ya’ni qo‘yilgan maqsadlarga erishish, natijalarni xarajatlar bilan taqqoslash. 48 Agarda marketing ko‘p hollarda intuitiv yondashuvdan muvaffaqiyat bilan foydalaniladigan bo‘lsa, marketing tadqiqoti ilmiy asoslangan faoliyat usullariga tayanadi. Marketing tadqiqoti fan sohasi sifatida o‘z predmeti va usuliga ega. Marketing tadqiqotining predmeti deb korxonaning bozordagi faoliyatini o‘rganishni, shuningdek, u bilan bog‘liq bo‘lgan bozor jarayonlari va hodisalarining har qanday baho va tahlilini hisoblash lozim. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling