Tadqiqotlari
Marketing axborot-tahliliy bo‘linmasi – marketing xizmati tarkibidagi
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
Marketing axborot-tahliliy bo‘linmasi – marketing xizmati tarkibidagi
zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida marketing axboroti to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish borasida bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar guruhidir. MARKЕTING TADQIQOTLARI XIZMATLARI STRUKTURASI QATTIQ (MЕXANIK) YUMSHOq (ORGANIKZMIK) 50 Biroq, ko‘pchilik holatlarda yuqori malakali mutaxassislar, maxsus hisoblash texnikasi, keng miqyosli so‘rovlar o‘tkazishni talab qiladigan yirik tadqiqot o‘tkazish hatto yirik korxonalarga ham og‘irlik qiladi. Murakkab marketing tadqiqotlarini tijorat asosida ishlayotgan maxsus marketing yoki konsalting firmalari yordamida amalga oshirish maqsadga muvofiq (ba’zida ayrim firmalar mustaqil ravishda yoki o‘rindoshlik asosida reklama faoliyati bilan shug‘ullanadi). Bundan tashqari, marketing tadqiqotlari o‘tkazishga ilmiy muassasalarni, shuningdek, o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlarini jalb qilish mumkin. Marketing tadqiqotlari bilan, shuningdek, ayrim davlat va jamoat tashkilotlari ham shug‘ullanadi. Bundan tashqari, firmalar uchun zarur bo‘lgan bozor xaqida mikro va makro axborotni ayrim davlat organlaridan va xususiy kompaniyalardan sotib olish mumkin. Marketing tadqiqoti funksiyalarini ixtisoslashgan firmalarga berishning afzalligi quyidagilardan iborat: ➢ birinchidan, axborot to‘plash, ekonometrik va statistik tahlil usullariga ega bo‘lgan ko‘p sonli mutaxassislar jamoasini shakllantirish, ularni zarur asbob- uskunalar, jumladan, murakkab kompyuter texnikasi bilan ta’minlash zarurati; ➢ ikkinchidan, ixtisoslashgan firmalar marketing muayyan sohasida tadqiqotchilik faoliyati tajribasiga, zarur aloqalarga ega; ➢ uchinchidan, ko‘plab bunday firmalar maxsus tanlanma tadqiqotlar o‘tkazish uchun panellarga, shuningdek, mutaxassis-intervyuyerlar, bank dasturlari (modellari) va hokazolarga ega bo‘ladi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling