53
➢ moslashuvchanlik, ya’ni zarur hollarda o‘rganish sohasini tezkor
o‘zgartirish, bozor vaziyatining o‘zgarishiga
muvofiq tadqiqotning turli
yo‘nalishlariga e’tibor qaratish;
➢ tirishqoqlik, ya’ni belgilangan rejalarni qat’iyat bilan hayotga tatbiq etish,
nima bo‘lganda xam zarur axborotni olish;
➢ demokratiklik, ya’ni marketing xizmati axborot-tahliliy bo‘inmasi xodimlari
va rahbariyayati o‘rtasida do‘stona, xayrixoh munosabatlarni
qattiq talabchanlik va
ijrochilik
intizomini
nazorat
qilish
bilan
uyg‘unlashtirish. Demokratiklik
tushunchasiga xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularda o‘z
korxonasiga
sodiqlikni shakllantirish, xodimlarda o‘z korxonasi uchun mas’ullik
hissini yaratish, ish muhitini ta’minlashni kiritish mumkin. «Inson omili»ga
investitsiyalarni tejamaslik kerak.
Firmaning tijorat
muvaffaqiyati yoki aksincha, bozorda muvaffaqiyatsizlikka
erishishi ko‘p jihatdan marketing tadqiqotlari samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. O‘z
navbatida, marketing tadqiqoti samaradorligi ko‘p jihatdan
xodimlar malakasi va
tayyorgarligi bilan izohlanadi.
2.6 – rasm. Tadqiqotchilik mahsulotini sotish shakllari
Axborot-tahliliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodiimlarga katta talablar
qo‘yiladi. Ular yuqori malakaga ega bo‘lishi va:
➢ marketing
nazariyasi va amaliyotini, uning barcha usullari va faoliyat
shakllarini yaxshi bilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: