Tadqiqotlari


Marketing tadqiqotining predmeti – o‘rganiladigan bozor jarayonlari va


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

Marketing tadqiqotining predmeti – o‘rganiladigan bozor jarayonlari va 
hodisalari hisoblanadi.  
Marketing tadqiqotining ob’ekti korxonaning o‘zi va marketing mikromuhitiga 
kiradigan kuchlar, xususan, korxonaning raqobatchilari va ta’minotchilari kiradi. 
Ko‘pincha tadqiqot ob’ektigaiste’molchi/xaridorlar – mijozlar aylanadi. 
Mintaqaviy bozor, shuningdek, uning alohida segmenti tadqiqotning muhim ob’ekti 
hisoblanadi. marketing tadqiqotining ob’ektiga aholi, marketing makromuhitining 
demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillari vositasi sifatida uning alohida bir guruhi 
aylanishi mumkin. 
 
2.3. Marketing tadqiqotini tashkil qilishning turli xil tamoyillari 
Marketing tadqiqotini tashkil qilish uning maqsad va funksiyalariga 
bo‘ysunadi. U marketing xizmati faoliyati bilan, uning tarkibi va soni bilan, 
marketing funksiyalari to‘plami va mustaqillik darajasi bilan chambarchas bog‘liq. 
Marketing tadqiqotlarida ikki xil turdagi tashkilotlar ajratib ko‘rsatiladi:
➢ marketing firmalari strukturasiga va ular tarkibiga tadqiqotchilik 
bo‘linmalari sifatida kiradigan tashkilotlar; 
➢ mustaqil sub’ektlar, yuridik shaxslar hisoblangan marketing va konsalting 
firmalari. 
Marketing tadqiqotini tashkil qilish ko‘p jihatdan firmaning turi va hajmiga, 
uning faoliyat usullari va xarakteriga, uning ixtisoslashuviga bog‘liq bo‘ladi. Garchi 
marketingni tashkil qilishning qat’iy standartlari mavjud bo‘lmasada, marketing 
xizmati strukturalari ikki xil turda bo‘ladi: qattiq (mexanik) va yumshoq (organik). 


49 
2.3-rasm. Marketing tadqiqotini tashkil qilish tipologiyasi 
Qattiq turdagi struktura xodimlarining majburiyatlar doirasi shartnoma bilan 
qat’iy belgilab qo‘yiladi, yumshoq strukturalarda xodimlarning majburiyatlari 
taxminan belgilanadi va sharoitga bo‘ysunadi. Mos ravishda marketing tadqiqot 
faoliyati ham tashkil qilinadi.
Ba’zida marketing tadqiqotlari firma apparatining umumiy sa’y-harakatlari 
bilan amalga oshiriladi, bunda tadqiqot dasturlari marketing xizmatining turli 
bo‘limlari – sotuv bo‘limi, transport bo‘limi, moliya bo‘limi, buxgalteriya bo‘limi va 
h.k. bo‘yicha taqsimlanadi. Marketing tadqiqotlari bo‘limi bu ishlarni tadqiqot 
faoliyatiga tegishli doirada umumlashtirish va muvofiqlashtirishi lozim.
Keng mahsulot assortimentiga, ta’minotchlar, savdo vositachilari, mijozlar va 
moliyaviy muassasalar bilan ko‘p sonli aloqalarga ega bo‘lgan yirik korxonalar yirik, 
chuqur strukturalangan va iyerarxik tuzilgan marketing tadqiqoti xizmatisiz 
muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
O‘rta korxonalar son bo‘yicha kamtarroq, biroq ancha qattiq strukturalangan 
xizmat tashkil qiladi. Kichik firmalar kamdan-kam hollarda mustaqil marketing 
xizmati bo‘limlarini tashkil qiladi, odatda bu majburiyatlar o‘rindoshlik asosida 
xodimlardan biriga yuklatiladi. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling