3.15.-rasm. Marketingda rejalashtirish jarayonining tuzilishi
Quyidagi 3.16.-rasmda marketing rejasini shakllantirish jarayoni keltirilmoqda.
Ayniqsa korxonani faoliyat davomida kutayotgan xavf-xatarini bilish,
imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona rahbariyati bularni doim diqqat
markazida saqlashi va xavf xatarning salbiy ta’siri oldini olish choralarini izlashi
kerak.
Tovarni sotish imkoniyatlarida avvalo korxonaning bozordagi tovari ulushi,
raqobatchilar O‘rtasidagi mavqei hisobga olinadi. Agar korxona tovarining sotilish
hajmi oshayetgan bo‘lsa, bu yoki umumiy iqtisodiy holatning yaxshilanishi hisobiga
(bunda barcha firmalar oboroti oshadi) yoki raqobatchilariga nisbatan korxona
faoliyatining takomillashgani hisobiga bo‘lishi mumkin. Rahbariyat korxonaning
bozordagi ulushi o‘zgarishini muntazam ravishda nazorat qilib borishi kerak. Agar
bu ulush oshib borsa, korxonaning raqobat qobiliyati kuchayganini bildiradi, va
aksincha.
Holat (situatsiya) tahlili
SWOT - tahlil
Taklif
Marketing maqsadlari va strategiyalari
Koʻzda tutilayotgan natijalarni baholash
Muqobil(alternativ) terma rejalar
Reja-dastur
Baholash, nazorat qilish
86
Do'stlaringiz bilan baham: |