Tadqiqotlari
-rasm. Inson ehtiyojlari tizimi
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xaridni amalga oshirish motivatorlari.
3.12-rasm. Inson ehtiyojlari tizimi
1 Inson ehtiyojlarini o‘rganish quyidagilarga imkon beradi: ➢ iste’mol strukturasini tuzish; ➢ ularning son ko‘rsatkichlari va dinamikasini aniqlash; ➢ ehtiyojlarni qondirish navbatini aniqlash; ➢ tovarlarning iste’mol xususiyatlarini tasniflash va o‘lchash; ➢ qondirilgan va qondirilmagan ehtiyojlar strukturasini belgilash. Xaridni amalga oshirish motivatorlari. Tadbirkorlik faoliyatida barqaror muvaffaqiyatga erishish uchun tovarlarni xarid qilishda qaysi motivlar iste’molchilar xulq-atvorini belgilab berishini tushunish zarur. 1 Бендина Н.В. Маркетинг в схемах. –М.:Изд ПРИОР, 2012, с.83 Absolyut ehtiyojlar Nisbiy ehtiyojlar haqiqiy ehtiyojlar To’lov layoqatiga ega ehtiyojlar Fiziologik His-tuyg’u Intеllеktual Ma'naviy Shaxsning jismoniy va ma'naviy rivojlani-shini ta'minlovchi moddiy nе'mat va xizmatlarda Sh a x s i y e h t i yo j 80 Motiv bu shunday ehtiyojki, u xaridorni o‘zini qondirish uchun har qanday usullarni izlab topishga majbur qiladi. Xaridni amalga oshirish motivatorlari ikki toifaga - ratsional (mantiqiy) va his- tuyg‘u (psixologik) toifaga taqsimlanadi. Ratsional (mantiqiy): ➢ foyda yoki pulni tejash; ➢ omilkorlik; ➢ salomatlik; ➢ kafolat muddati va ishonchlilik; ➢ ehtiyotkorlik. Har qanday mahsulotni sotib olishda kafolat muddati va ishonchlilik katta ustunlik berishi mumkin. Agar iste’molchi har kuni do‘konga yoki bozorga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lmasa, bu holda u saqlanish muddati uzoqroq bo‘lgan mahsulotni tanlaydi. Fermerlar ham o‘z xo‘jaligi uchun qishloq xo‘jalik texnikasini xarid qilishda traktor va kombaynlarning ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishiga e’tibor qaratadi. Biroq ratsional motivlar doim ham asosiy bo‘lavermaydi. Ko‘pincha his-tuyg‘u motivlari kuchliroq bo‘lib chiqadi. To‘g‘ri, fermerlar o‘z tabiatidan kelib chiqqan holda bu motivlar ta’sriga kamroq bo‘ysinadi, lekin shunda ham ularni esdan chiqarmaslik kerak. His-tuyg‘u motivlari: ➢ mag‘rurlik; ➢ qoniqish; ➢ moyillik; ➢ ma’qullash; ➢ qo‘rquv; ➢ sertakalluflik. Shunday bo‘ladiki, dehqonlar oilasida avloddan-avlodga bitta korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan mehnat qurollaridan foydalaniladi. Mehnat qurollarining 81 o‘zi ham takomillashtiriladi. Ba’zida bu mehnat qurollari boshqalardan ortda qolsada, baribir ularni tanlab olishadi. Sertakalluflik va savdo markasiga moyillik bunday bog‘lanib qolishga sabab bo‘ladi. Nisbatan qulay mehnat sharoitlarini ta’minlovchi texnikaning paydo bo‘lishi, qo‘shnilaridan kam bo‘lmaslik istagi xaridorlarni qimmatroq tovar xarid qilishga majbur qiladi. Biroq bu doim ham narx–sifat nisbati nuqtai nazaridan samarali bo‘lavermaydi. Iste’molchilar xulq-atvoriga istalgan bozorda ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ahamiyati muammosiga bir-biriga zid keluvchi turli yondashuvlar mavjud. Hayot shunchalik serqirra va jo‘shqinki, u yoki bu guruhdagi omillarning ustuvorligi masalasini qo‘yishning o‘zi maqsadga muvofiq emas va zararli hisoblanadi. Tadbirkorlarning vazifasi esa barcha omillar ta’sirini oldindan ko‘ra bilishdan iborat. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling