Tadqiqotlari
– rasm. F. Gersbergning gigiyenik omillar
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
3.7 – rasm. F. Gersbergning gigiyenik omillar i Gigiyenik omillar ish faoliyati amalga oshirilayotgan atrof-muhit bilan bogʻliq. Gersbergning fikricha, gigiyenik omillarning boʻlmasligi yoki qisman boʻlishi (yetishmasligi) insonda oʻz ishidan qoniqmaslik hissini keltirib chiqaradi. 75 Z. Freydning e’tirofi bo‘yicha motivatsiya nazariyasida motivatsiya manbalari 2 ga bo‘linadi: boshqariladigan va boshqarilmaydigan. Z.Freydning mulohazalari bo‘yicha shaxs uchta kuchning ta’siri ostida bo‘ladi: • id (u) – hamma xoxish-istaklar va orzu-niyatlarning amalga oshishini istaydi. • ego (men) - id harakatini nazorat qiladigan va boshqaradigan kuch. • superego (oliy-men) – shaxs axloqini ijtimoiy qonun-qoida va qadriyatlarga moslashtirishga harakat qiladigan kuch. Bular motivatsiyaning asosi va manbai hisoblanadi. • id (u) – ruhiy holatning eng kuchli tomoni bo‘lib, u zaruratni kamaytirish, qoniqishni ta’minlash tamoyili asosida ish tutadi. • id o‘zida insonning xohishlari va ehtiroslari, barcha instiktlarni saqlaydi, ular o‘z navbatida nazoratdan chiqib turadi hamda xudbinlikni keltirib chiqaradi. • ego (men) – chaqaloqlar asosan id ta’siri ostida bo‘ladi, lekin o‘sgan sayin ular ovqat yoki e’tiborni ma’lum bir usullar bilan oladilar. Insonning “ego” si uni yaxshi yo‘ldan boshlab boradi, aqlli fikrlar va xatti-harakatlarni amalga oshiradi. “id” ning harakatlarini bostirib, jamiyatga xos xulqqa boshlaydi. • “oliy men” – Z.Freydning ta’kidlashi bo‘yicha uchinchi kuch – superego bo‘lib, u doimiy ravishda “id” bilan nizoda va “id” boshqarilmay qolganda “ego” ni afsuslanish, aybini his etish kabi usullar bilan jazolaydi. Shu bilan birga “id” boshqarilgan holda “ego” o‘z – o‘zini baholash darajasini oshirish usulida taqdirlaydi. “superego” doimo bekamu-ko‘stlikka, takomillashuvga intiladi. Quyidagi suratda yosh bolaning odati bilan katta yigitning odati tasvirlangan. Z. Freydning fikricha, yosh bola qanday ushbu yoqtirgan odatidan chiqolmasa, katta odam ham o‘zini sevgan mashg‘ulotini yoki odatiy holini tashash qiyin bo‘ladi. Buning uchun ichki ruhiy “ego” o‘z – o‘zini boshqara olishiga tayyorgarlik ko‘rish kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling