Tadqiqotlari
– rasm. Motivatsiyaning ikki toifasi
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5 – rasm. Ikki turdagi motivatsion yo‘nalishlarining olimlar nazariyalari Motivatsiya mazmundor jarayonli Motivatsiya Mazmundor
3.4 – rasm. Motivatsiyaning ikki toifasi Motivatsiyaning mazmundor nazariyalari insonlarni u yoki bu holda xarakat qilishga undovchi ichki uyg‘otuvchilarni (ya’ni boshqacha qilib aytganda extiyojlarni) identifikatsiyalashga asoslanadi. Bu sohada A.Maslou, D.MakKlelland, F.Gersberg D.Makgregorlarning ishlari taqozo etadi. Motivatsiyaning jarayonli nazariyalari esa, avvalom bor insonning qabul qilish va tahminlarini hisobga olgan holda qanday tutishiga asoslanadi. Asosiy jarayonli nazariyalar sifatida biz V.Vrumning kutish nazariyasi, adolat nazariyasi va Porter- Loulerning motivatsiya modelini o‘rganamiz. 3.5 – rasm. Ikki turdagi motivatsion yo‘nalishlarining olimlar nazariyalari Motivatsiya mazmundor jarayonli Motivatsiya Mazmundor Makgregorning “X, Y, Z ” nazariyasi Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi MakKlelandning ehtiyojlar nazariyasi Gersbergning 2 omilli nazariyasi Jarayonli Vrumning kutish nazariyasi Adamsning adolat nazariyasi Portera-Louderning motivatsiya nazariyasi 72 Marketingda motivatsion nazariyani o‘rganar ekanmiz, ushbu jarayonlarni marketing tadqiqotlarida avvalom bor, inson ehtiyojlarini o‘rganishda birinchi omil bo‘lib hisoblanadi. Iste’molchiga yo‘naltirilgan motivatsiya nazariyalarini mashhur amerikalik olimlar Filipp Kotler o‘zining “Marketingni boshqarish” nomli asarida asosan 3 ta yo‘nalishiga to‘xtalib o‘tgan: ➢ A. Maslou yondashuvi; ➢ Z. Freyd yondashuvi; ➢ F. Gersberg yondashuvi; Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, motivatsion nazariyalarni o‘rganishda eng qulay va eng tarqalgan nazariya bu A. Maslouning nazariyasidir. Abraxaam Maslouning ehtiyojlar piramidasi. O‘tgan asrning 40-yillarida A.Maslou inson ehtiyojlarining murakkabligi va ularning motivatsiyaga ta’sirini aniqladi. Buning natijasida o‘zining «ehtiyojlarning iyerarxiyasi»ni shakllantirdi. Bu nazariyaga binoan insonlar hamisha qandaydir narsaga ehtiyoj sezadilar. Ehtiyojlar birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Abraxaam Maslou o‘zining besh darajali iyerarxiyasida birlamchi ehtiyojlarga insonlarning eng zarur bu – fiziologik va xavfsizlik darajasini belgilab beradi. Biz bilamiz. Bular biramchi ehtiyojlarga kiradi, chunki insonning eng birinchi zarurati bu tabiiy zaruratlardir. Boshpana va jisioniy – ruhiy xatarlar esa ikkinchi darajada ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ehtiyojlar insonlar hayotida cheksiz hisoblanib, ularning nafaqat psixologik, balki ijtimoiy jihatdan, xurmat –ehtirom,mavqe jihatlariga yuqori darajada bo‘lishini talab etadi. Bu esa, insonlar hayotini, turmush – tarzini o‘zgarishini belgilab beradi. Quyidagi rasmda A.Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi va ularga tegishli darajalarning ifodalari tasvirlangan (3.6 – rasm). Ehtiyojlar iyerarxiyasining har bir pog‘onasidagi ifodalarni ko‘rib chiqamiz: 73 1.Fiziologik ehtiyojlar. Ular tiriklik uchun muhim hisoblanib, insonning tug‘ma ehtiyojlaridir. Bularga, oziq-ovqatga, suvga, uyquga bo‘lgan ehtiyojlar kiradi. 2.Havsizlik va kelajakka ishonch ehtiyoji o‘z ichiga tashqi muhitdan yetkazilishi mumkin bo‘lgan jismoniy va ruhiy havf-hatardan himoyada bo‘lishni nazarda tutadi. Bunga xavfsiz boshpana, hujum qilish tahdidining yo‘qligi va hokazolar kiradi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling