4 – BOB. MARKETING TADQIQOTLARIDA MUAMMONI ANIQLASH
4.1. Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlashning ahamiyati
Marketing tadqiqotlarini samarali o‘tkazish uchun muammoni aniq va to‘g‘ri
belgilanishi lozim. Marketing tadqiqotlarining muammosini aniqlanishi barcha
faoliyatni to‘g‘ri yuritilishiga, loyihani amalga oshirilishiga asos bo‘lib hisoblanadi.
Tibbiyot sohasida kasalni oldini olish yoki uni davolashda tashxis qo‘yish qanchalik
muhim o‘rin tutsa, marketing tadqiqotlarida uning muammosini aniqlanishi shunday
rol o‘ynaydi. Agar muammo noto‘g‘ri tushunilsa yoki aniqlansa unda vaqt va
mablag‘ samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin. Muammoni aniqlash
tadqiqotlari va muammoni xal etish tadqiqotlari mazmunan va metodologik nuqtai
nazardan har xil vazifalarni qaratilgan bo‘lsada, ikkalasini jamlasa bo‘ladi. Masalan,
xorijiy kompaniyalar tajribasida (“Scott Paper” kompaniyasi) bozordagi ulushini
kamayishini tadqiqot qilinganda, uning asosida raqobat kuchayotganligi (muammoni
aniqlanishi) aniqlandi va raqobatchilar bilan kurashish uchun bozorga yangi tovarlar
chiqarish zarurligi haqida qaror qabul qilishgan (muammo yechimi).
Muammoni aniqlash uchun MT (problem identification research) – hozirgi
yoki
kelajakda
mavjud
bo‘lishi mumkin aniq bo‘lmagan muammoni
muvofiqlashtirishga yordam berishda foydalaniladi.
Bozor munosabatlari sharoitida kutilmagan vaziyatlardan kam sarf bilan chiqib
ketish tadbirkorlik faoliyatida muhim muammolardan
biri hisoblanadi. Albatta, samarali faoliyat yuritishda
ichki va tashqi omillarning ta’sirini oldindan bila olish,
ularning zarariy ta’sirini kamaytirish hammani qo‘lidan
kelavermaydi. Shu sababdan marketing tadqiqotlarini
o‘tkazishni asosiy vazifalaridan bo‘lmish, yuzaga kelgan
va kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan
bashoratlash vazifasi muhim o‘rin egallaydi. Bekorga
biznesda “kim birinchi ma’lumotga ega bo‘lsa, o‘sha bozorni egallaydi”, degan ibora
o‘zining dolzarbligini ko‘rsatib kelmoqda.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |