Tadqiqotlari


-rasm. Tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha muammolar tasnifi


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
4.2-rasm. Tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha muammolar tasnifi 
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha marketing tadqiqotlari muammolari 
bevosita ishlab chiqarishning qaysi bozorga mo‘ljallanganligi bilan ifodalanadi. 
Chunki tovar (ish va xizmat)larning bir qismi ichki bozorga va bir qismi tashqi 
bozorga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Bunda qancha tovar qachon va qayerda 
sotilishini aniqlash ham o‘ziga yarasha tadqiqotlarni talab qiladigan muammolardir. 
Chet mamlakatlarda ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha marketing tadqiqotlari 
muammolari ham o‘ziga xos. Chunki, ularning ishlab chiqarish jarayonlari 
o‘zlarining talab va ehtiyojini inobatga oladi va narx ham bizdan xoli holda 
shakllanadi. Shu tufayli bir xil tovar o‘zimizda va xorijda ishlab chiqarilgan bo‘lsada 
narxi turlicha bo‘lishi mumkin. Endi qaysi tovar bilan muomila qilish masalasi ham 
ma’lum darajada muammolarni keltirib chiqaradi. 
Ushbu muammolarning statistik ko‘rinishini quyidagicha ifodalash mumkin: 

Tovar (va xizmat)larni ishlab 
chiqarish joyi boʻyicha 
muammolar tasnifi
Mahalliy ishlab 
chiqaruvchilar boʻyicha 
Chet mamlakatlarda ishlab 
chiqaruvchilar boʻyicha
Mahalliy va chet 
mamlakatladagi ishlab 
chiqaruvchilar boʻyicha 


92 
Mj = ∑ Mi ; 
i=1 
Bunda: Mj – tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha mavjud bo‘lgan 
jami muammolar; 
Mi - tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish joyi bo‘yicha mavjud muammolarning 
alohida i – turi; 
∑ - jamlash belgisi; 
I – muammoning turi; 
p – muammoning umumiy soni. 
2. Marketing tadqiqotlari muammolarining bir qismi tovar (xizmat)larni 
sotish bozori bilan bog‘liqdir. Chunki ishlab chiqarilgan tovar (xizmat)ni qaysi 
bozorga sotishligi, qanday sotilishi, qachon va qancha sotishligi ham katta 
muammodir. Ushbu muammolar ikki guruhga bo‘linadi: 
- ichki bozorda sotish muammosi;
-tashqi bozorda sotish muammosi. 
Tashqi bozorda sotish ham ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi. Tovar 
(xizmat)ni sotish faqat xorijiy davlatlargagina emas, balki o‘z mamlakatimizning 
ichida boshqa huddudlarda ham sotish tushuniladi. Shu tufayli buni ham ikki guruhga 
bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bularga: 
- bir davlat ichida, ammo tovar (xizmat) ishlab chiqarilgan hududdan boshqa 
hududda; 
- mazkur davlatdan tashqaridagi bozorda. Bu asosan tovar (xizmat)larni eksport 
qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tashqi bozordan xaridorlarni topish ham juda 
katta muammo. Ammo bugungi kunda ushbu masalaga keng yo‘l ochib berildi. Hozir 
tovar (xizmat)lar eksporti bilan har bir xorijiy mamlakatlarda joylashgan elchilarimiz 
ham shug‘ullanmoqda. Bu tovar (xizmat)larni ishlab chiqaruvchilar uchun ham katta 
imkoniyat yaratilganligidan dalolatdir. Bularning bog‘liqligini quyidagicha ifodalash 
mumkin (4.3-rasm). 


93 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling