Tadqiqotlari


 Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
5.2. Marketing tadqiqotlarining yo‘nalishlari 
 
Bugungi kunga kelib, iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalari 
faoliyatida marketing tadqiqotlarini joriy qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ishlab 
chiqarish rivojining yangi hamda zamonaviy shaklga keltirishga, iste’molchilarning 
xulq-atvori, didi, raqobatchilar va bozor kon’yunkturasini o‘rganishga qaratilgan 
amaliy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. 
Korxonalarda marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga 
kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, 
hamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga 
qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni 
muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda 
keltirishdir. 
Marketing faoliyati ko‘lami jihatidan juda keng va murakkab jarayon. Ushbu 
jarayonning juda ko‘p yo‘nalishlari mavjud. Uning asosiy yo‘nalishlaridan biri ichki 
marketingdir. Bu bitta mamlakat ichida amalga oshiriladigan marketing bo‘lib 
hisoblanadi. Uning ham ikkita turi mavjud: mahalliy va butun mamlakat miqyosida. 
Bunda marketing tadqiqotlari shu doirada olib boriladi. 


109 
Ikkinchi yo‘nalish bu xalqaro marketing bo‘lib hisoblanadi. Bunda 
kompaniya ishlab chiqarilgan mahsulotini (xizmatini) eksport qilish orqali amalga 
oshiradi. Bunda tovarni sotish marketingi bilan bevosita tovarni sotib olgan mamlakat 
sotuvchilari shug‘ullanadi. 
Uchinchi yo‘nalish integratsiyalashgan marketing bo‘lib hisoblanadi. Bunda 
bir mamlakat firmasi (korxonasi, kompaniyasi) boshqa mamlakatlarda o‘zlarining 
filiallarini, savdo uylarini ochib boshqa mamlakatlarda o‘zlari sotishni amalga 
oshiradi. Bunga ko‘pincha transmilliy kompaniyalarni misol keltirish mumkin. 
To‘rtinchi yo‘nalish global marketing bo‘lib hisoblanadi. Bunda nafaqat 
kompaniyaning mahsuloti (xizmati) ishtirok etadi, balki ish kuchi va kapital ham 
birgalikda olib boriladi. Bunda ushbu boyliklarning butun dunyo bo‘ylab sotilishi 
amalga oshiriladi. Mos ravishda, marketing ham faqat tovar (xizmat) bilan cheklanib 
qolmasdan ish kuchi va kapital harakati bilan ham shug‘ullanadi. 
Ushbu yo‘nalishlarning hammasi pirovardida marketing tadqiqotlari ob’ekti 
bo‘lib hisoblanadi. Bunda marketingning asosiy quroli axborot bo‘lib hisoblanadi. 
Marketing mos ravishda shu axborotlarga asosan iste’molchi bilan ishlab 
chiqaruvchilar o‘rtasida tovar (xizmat)lar orqali ularning oldi-sotdi munosabatlarini 
o‘rnatadi.  
Yuqorida ta’kidlanganidek, zamonaviy kompaniyalar tovarlarini bitta hudud 
yoki bitta mamlakat doirasida emas, balki xalqaro miqyosda, imkoni bo‘lsa global 
masshtabda sotishga harakat qilish kerak. Buning uchun esa, mrketologlar bozorni 
muttasil o‘rganib borishi lozim. 
Shuningdek, marketing tadqiqotlari asosiy yo‘nalishlarining bir qancha turlari 
mavjud bo‘lib, bularni tadqiq qilganda ushbu jarayonning hamma yo‘nalishlari 
bo‘yicha samaradorligini inobatga olishni taqozo qiladi. Bu yo‘nalishlar sotuvchining 
ham, oluvchining ham manfaatlariga zid bo‘lmasligini taqozo qiladi. Marketing 
tadqiqotlarining yo‘nalishlari turli – tuman bo‘lib, 100 dan ortiq turini ko‘rishimiz 
mumkin. Ushbu yo‘nalishlari quyidagi jadvalda keltirilgan (5.3-jadval). 
Marketing tadqiqotlarini amalga oshirishda barcha yo‘nalishlar kabi, ularni 
quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish lozim bo‘ladi. Bularga reklama, sotish 


110 
jarayoni, sotuvchining mas’uliyati, xaridorlining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, tovarning 
hususiyatlari, tovarning sotilish jarayoni va unda bozorning ahvolini inobatga olish 
kabilarni kiritish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing tadqiqotlari keng 
doiradagi sub’ekt va ob’ektlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va shu bilan 
birga boshqa soha xodimlari xam marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari va 
undan samarali foydalanishlari lozim. Shu o‘rinda ushbu yo‘nalishlardan foydalanish 
sohasida marketing elementlaridan keng foydalanishni ko‘zda tutish lozim. Masalan, 
marketing vositalarini olamiz. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling