Tadqiqotlari
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlashning zaruriyati nimada? 2. Muammoni aniqlash uchun qanday yondashuvlarga murojat qilinadi? 3. Nima uchun muammolarni tasniflash zarur? 4. Doimiy muammolarga nimalar kiradi? 5. Mavsumiy muammolarga nimalara kiradi? 6. Muammoni aniqlashda hisobga olinuvchi muhit omillari nimalardan iborat? 7. Chet mamlakatlarda ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha marketing tadqiqotlari muammolari nimalardan iborat? 104 8. Mahalliy va chet mamlakatladagi ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha marketing tadqiqotlari muammolari nima? 9. Ichki bozorda sotish muammosi nima uchun kerak? 10. Tashqi bozor deganda boshqa huddudlarda sotish muammosi nimalar bilan bog‘li 105 5 – BOB. MARKETING TADQIQOTLARI KLASSIFIKASIYaSI VA TURLARI 5.1. Marketing tadqiqotlari turlari Marketing tadqiqotlarining turlari va ularning tasnifi haqida gap ketganda shuni ta’kidlash joizki, mazkur jarayonning ko‘lami juda keng. Ma’lum maqsadlarga ko‘ra marketing tadqiqotlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: ➢ Razvedka tadqiqotlari – bunday tadqiqotlarning asosiy maqsadi – marketing faoliyatini keng qo‘llashda ishlatilib, g‘oyalar generatsiyasi va dastlabki axborotlar to‘plami, gipotezalarni keltirish va muammolarni chuqurroq o‘rganish uchun foydalaniladi. Razvedkali tadqiqotlarning usullariga quyidagilar kiradi: ❖ Ikkilamchi axborotlarni tahlili; ❖ Tajribani o‘rganish; ❖ Konkret vaziyatlar tahlili; ❖ Fokus – guruh ishlaridir. ➢ Yozuvli tadqiqotlar – gipoteza orqali ishlab chiqilgan ma’lum bir voqeaning paydo bo‘lish chastotasiga qarab ishlatiladi. Yozuvli tadqiqotlarda: Kim?, Nima , Qayerda?, Qachon? va Qanday? savollariga javob olinadi. Yozuvli tadqiqotlarning asosiy usullari: ❖ Ikkilamchi axborotlarni tahlili; ❖ Kuzatuv; ❖ So‘rovlar; ❖ Tajribalar. ➢ Kazual tadqiqotlar. U yoki bu hodisaga sabab –oqibat orqali bog‘lanish tadqiqotlariga aytiladi. Ushbu tadqiqotlar davomida Nimaga? degan savolga javob olamiz va ishchi gipotezasini tekshirishga yordam beradi. Kazual tadqiqotlar usuliga quyidagilar kiradi: ❖ Mantiqan – ma’noviy modellashtirish; ❖ Matematik modellashtirish; 106 ❖ Tajribalar. ➢ Tajribali. (eksperimental). Ushbu tadqiqot turi yuqorida ta’kidlangan bo‘lsada, u tadqiq qilinayotgan bir xil turdagi guruhlarning har xil turdagi o‘zgarishlardagi qarashlar o‘rganiladi. Bunda birlamchi axborotlardan foydalaniladi. Tajribaning asosiy usullari quyidagilar: ❖ laboratoriya sharoitida; ❖ dala tadqiqotlarida. Undan tashqari, marketing tadqiqotlari bir necha turlarga tasniflanadi. Masalan, vaqti- vaqti bilan o‘tkaziladigan tadqiqotlarga: - Bir martalik – bir marotaba o‘tkaziladi; - “to‘lqinli” - to‘lqinlar o‘rtasida odatda bir xil vaqtda o‘tkaziladi; - Bevosita – uzoq vaqt ichida doimiy o‘tkaziladigan tadqiqotlar. Shuningdek, ma’lum maqsadlarga ko‘ra marketing tadqiqotlari bir qancha yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: - bozorni tadqiq qiladi; - iste’molni va iste’molchilarni tadqiq qiladi; - ishlab chiqarayotgan tovar (xizmati)ni tadqiq qiladi; - tovar ( xizmat)ning bahosini tadqiq qiladi; - raqobatdosh korxonalarni tadqiq qiladi. Ushbu yo‘nalishlarning hammasida marketing tadqiqoti o‘tkaziladi va mazkur jarayonda uning turli xillaridan foydalaniladi. Biroq shunday turlari borki, ular nisbatan umumiy va barcha jarayonda ishtirok etishi mumkin. Bularga quyidagidarni kiritish mumkin (5.1-jadval). Marketing tadqiqotining mazkur turlari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar marketologlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu tufayli marketologlar qanday darajadagi korxona bo‘lmasin tadqiqot elementlarini va uni o‘tkazish usullarini 107 yaxshi bilishlari lozim. Chunki yuqori samaradorlikni ta’minlash va bozorda o‘z o‘rni va aholi o‘rtasida nufuzini mustahkamlab borishi uchun mazkur korxonadagi mutaxassislar ushbu talablarga javob beradigan bo‘lishlari kerak. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling