Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabab va oqibat
- Shakl va mazmun
Tahlil va sintez, ya’ni tahlil va umulashtirish kategoriyasi ham marketing
tadqiqotlarida statistik tahlilning metodologik asoslaridan biri hisoblanadi. Tahlil 116 deganda bir butun yaxlit predmetni alohida bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish tushuniladi. Umumlashtirish (sintez) esa o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risida yaxlit xulosaga kelish uchun foydalaniladi. Unda ob’ektning barcha bo‘laklari bo‘yicha tahlil natijasida qilingan xulosalar asosida umumlashtiriladi. O‘rganilayotgan ob’ekt yoki iqtisodiy jarayon haqida yaxlit va aniq xulosaga kelishi uchun u tahlil qilinadi va barcha xulosalar umumlashtiriladi. Tahlil bor joyda umumlashtirish, umumlashtirish uchun esa tahlil qilish lozim. Shu tufayli ushbu kategoriyalar bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda qaraladi. Bundan marketing tadqiqotlarida statistik tahlilni amalga oshirishda ham bevosita foydalaniladi. Sabab va oqibat kategoriyasi ham falsafiy kategoriyalardan biri bo‘lib, bevosita marketing tadqiqotlarida statistik tahlilning metodologik asosi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Marketing tadqiqotlarida statistik tahlilda natija va omillar tushunchasi mavjud. Iqtisodiy faoliyat natijasini ifoda etgan birorta ko‘rsatkich natija ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Buni falsafiy jihatdan qaraydigan bo‘lsak oqibatdir. Ammo shu oqibat o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Uning zamirida bir qancha sabablar bor. Bu sabablarni marketing tadqiqotlari statistik tahlilida omillar deb qaraladi. Sabab orqali oqibat yuzaga keladi. Xuddi shunday natijaning ham shakllanishiga bevosita omillar ta’sir qiladi. Ijobiy sabablar (omillar) yaxshi oqibatga, shuningdek, ijobiy omillar yuqori natijaga olib kelganidek, salbiy sabab yomon oqibatga, omillarning salbiy ta’siri natijaning pasayishiga olib keladi. Shu tufayli tahlil jarayonida natija ko‘rsatkichlariga omillar ta’sirini batafsil o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Shakl va mazmun kategoriyasi ham bevosita iqtisodiyotga, xususan, marketing tadqiqotlarida statistik tahlilga ham aloqadordir. Shaklning o‘zgarishi mazmun o‘zgarishiga, mazmunning o‘zgarishi shakl o‘zgarishiga olib keladi. Iqtisodiyotda ushbu bog‘liqlik juda yorqin namoyon bo‘ladi. Masalan, ayollar sumkasining shakli chiroyli va chidamli bo‘lishi uchun, unga qimmatbaho materiallar, turli bezaklar ishlatiladi. Natijada uning mazmuni chidamliligi, narxining nisbatan qimatliligi bilan o‘zgaradi. Yoki oddiy material o‘rniga sifatli material ishlatib uning mazmunini boyitish kerak bo‘lsa albatta shakli ham o‘zgaradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling