Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makon va zamon
Miqdor va sifat
Miqdor Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan Foyda. Hajm ko‘rsatkichlaridan yetishtirilgan yalpi paxta. Sifat Iqtisodiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri rentabellik. Paxtadan tolaning chiqishi kabilarni misol keltirish mumkin. Endi mazkur tasniflarning har birini nazariy va metodologik jihatdan qarab chiqish ushbu fanning mazmunini to‘liq ochib berish imkonini beradi. Chunki marketing tadqiqotlarida statistik tahlilni amalga oshirishda yuqoridagi barcha kategoriyalardan to‘liq foydalanishga to‘g‘ri keladi. Induksiya va deduksiya kategoriyalari marketing tadqiqotlarida statistik tahlilning muhim metodologik asoslari sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu kategoriyalar marketing tadqiqotlarida statistik tahlilning ketma- ketligini ta’minlaydi. Masalan, induksiya deganda o‘rganilayotgan ob’ektning xususiylikdan umumiylikka qarab o‘rganilishi tushuniladi. Bunga misol qilib sotilgan tovarlar hajmining tahlilini olish mumkin. Unga vaqt nuqtai nazaridan qaraydigan 115 bo‘lsak uni bir soatda qancha sotilgan, bir kunlik, o‘n kunlik, bir oylik, bir choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik, bir yillik oboroti qanday bo‘lganligining darajasigacha umumlashtirish mumkin. Yoki aynan ushbu ko‘rsatkichni makon nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, oldin bir kishining sotgan mahsulotini, bir bo‘linmanikini va butun mehnat jamoasining umumiy sotgan mahsuloti miqdorigacha o‘rganish mumkin. Deduksiya metodida tahlil qilinayotgan ob’ekt umumiylikdan xususiylik sari, ya’ni umumiy ko‘rsatkichlardan xususiy (kichik) ko‘rsatkichlarga qarab o‘rganish tushuniladi. Bu usulga misol qilib birlashmada marketingni yaxshi yo‘lga qo‘yish natijasida olingan foyda rejasining bajarilishini olish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich oldin butun birlashma bo‘yicha o‘rganiladi, so‘ngra uning alohida korxonalari (firmalari) bo‘yicha, ularning alohida bo‘linmalari bo‘yicha ketma-ketlikda o‘rganilib, umumiy natijaga qaysi bug‘in va bo‘linmalarning ijobiy yoki salbiy ta’sir qilganligi to‘g‘risida xulosa qilinadi. Makon va zamon kategoriyalari ham marketing tadqiqotlarida statistik tahlilning muhim metodologik asoslaridan biridir. Zero, barcha iqtisodiy jarayonlar makonda (xo‘jalik yurituvchi sub’ektda) ma’lum bir zamon doirasida (bir davr, vaqt mobaynida) sodir bo‘ladi. Shu tufayli zamonning o‘tishi bilan makondagi natija o‘zgaradi va uning teskarisi, ya’ni makonning o‘zgarishi bilan zamon o‘tgandan keyin natija boshqacha bo‘lishi mumkin. Masalan, makonga korxonalarni, ish joylarini, firma kabi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni misol keltirish mumkin. Bular tahlilining ob’ekti. Zamon deganda esa, ularning ma’lum bir hisobot davri tushuniladi. Makonda sodir bo‘lgan jarayonlar ma’lum bir hisobot davri (zamon) o‘tgach jamlanadi va umumlashtiriladi. Bu ham shu hisobot davrini tahlil qilish uchun ma’lumot manbai bo‘lib hisoblanadi. Makon va zamon o‘rtasidagi hamda ularning amaliyot bilan bog‘liqligini ifodalash uchun odatda korxonada sodir bo‘lgan marketing jarayonlari natijasini ma’lum davrlar bo‘yicha dinamikada o‘rganish orqali erishish mumkin. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling