120
Statistikada qabul qilinishi bo‘yicha tasniflash ob’ektlarni ma’lum bir sinfga
mansubligini ko‘rsatadi. Tovar yoki xizmatning ko‘p
darajali, iyerarxik tasniflanishi
assortiment yoki xilma – xillik darajasini ifodalaydi.
Amalda tasniflash
iste’molchilarning tavsifiga qarab segmentlashtirishning bir xilligi va yakunlovchi
bosqichini aks etadi. Marketingda ushbu usul segmentatsiyasi
tariqasida qabul
qilingan.
5. Tanlovni o‘tkazish.
Marketing tadqiqotlarida marketing muhiti holatini o‘rganish jarayonidagi
birlamchi ma’lumotlarni qo‘llashda tanlov uslubi muhim o‘rin egallaydi.
Tanlov
kuzatuv ob’ektlari tariqasida ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar,
raqobatchilar va
boshqalar qabul qilingan. Tanlov uslubini qo‘llashning bir yo‘nalishlaridan biri
iste’mol fanini yoki fokus guruhlarga kiruvchi zaruriy respondentlar miqdorini
hisoblash hisoblanadi.
6. O‘zaro bog‘liqlikni tahlil etish.
Marketing tadqiqotlari jumladan kazual tahlilini o‘tkazishda keng
foydalanilib
darajali korrelyatsiya uslublar asosida respondentlarning solishtirma tahlili amalga
oshiriladi. Iste’molchilarning tavsiflarini iste’mol tanloviga ta’sir ko‘rsatishini
tahlilida keng foydalaniladi, ushbu ma’lumotlar asosida ta’sir ko‘rsatish va dispersiya
tahlili amalga oshiriladi.
7. Ko‘p o‘lchamli tahlil uslublari va ko‘p o‘lchamli ma’lumotlarni
ko‘rsatish.
Ko‘p o‘lchamli tahlil uslublari marketing
tadqiqotlarining zamonaviy
vazifalarida bo‘lish tovar siyosatini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Ko‘p o‘lchamli
ma’lumotlarni
ko‘rsatish
raqobat
o‘rnini
belgilash
va
iste’molchilarni
segmentlantirishda foydalaniladi. Mahsulot xizmatining bozordagi raqobatdoshligini
tahlil qilganda tovarni o‘rin egallash xaritasidan foydalaniladi.
Ushbu xarita belgilar
masofani, hajmini kamaytirish natijasida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: