Tadqiqotlari
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 – BOB. MARKETING TADQIQOTLARIDA AXBOROT TIZIMI VA AXBOROTI MANBAALARI 6.1. Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Marketing tadqiqotlari deganda nimani tushunasiz? 2. Marketing tadqiqotlari turlariga qanday usullar kiradi? 3. Yozuvli tadqiqotlarga nimalar kiradi? 4. Kazual tadqiqotlar usullariga qanday axborot to‘plash usullari kiradi? 5. Marketing tadqiqotlarining ayrim belgilari bo‘yicha qanday tavsiflanadi? 6. Dala tadqiqotlarining tavsifini aytib bering. 7. Miqdoriy va sifat tadqiqotlari o‘rtasidagi farqni aniqlab bering. 8. Marketing tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qanday tavsiflanadi? 9. Marketing tadqiqotlarida statistikaning roli va ahamiyati nimalardan iborat? 10. Marketing tadqiqotlarida statistik tahlilning metodologik asoslari nimalardan iborat? 123 6 – BOB. MARKETING TADQIQOTLARIDA AXBOROT TIZIMI VA AXBOROTI MANBAALARI 6.1. Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar tizimining ahamiyati Axborotlar deyilganda, hodisa yoki jarayonlar haqidagi dalil, ma’lumot, xabar, baho va raqamlarda ifoda etilgan, ularni tahlil qilib, tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar tushuniladi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Axborot” atamasiga “Ish, voqea-hodisalar haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumot” 1 , degan izoh berilgan. Ko‘rinib turibdiki, axborotlar korxona va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ish, hayotda voqea-hodisalar haqida tushuncha beruvchi xabar, ma’lumotlardan iborat. Demak hayotda qanchalik voqea-hodisalar ko‘p bo‘lsa, ular haqida tushuncha beruvchi xabarlar ham, ularni ifoda etadigan ma’lumotlar ham shunchalik ko‘p. Ularni o‘rganish uchun ma’lum darajada tizimlashtirishni taqozo qiladi. Bu esa, o‘z navbatida ularni ma’lum belgilari bo‘yicha tasniflash zaruratini tug‘diradi. Bozor iqtisodiyotining eng asosiy talablaridan biri, bu axborotlarning to‘laqonli bo‘lishidadir. Umuman olganda hozirgi kun sanoat, industriya asri axborotlar almashuvi bilan xarakterlanadi. Industrial asr uchun xos bo‘lgan xususiyatlar: moddiy ne’matlar, sanoat ishlab chiqarishning ustun darajada rivojlanishi, sanoat ishchilarining xissasi bilan oshib borish bilan xarakterlansa, ishlab chiqarish esa yalpi, yirik pog‘onali va katta sig‘imdagi bozorga mo‘ljallangan bo‘lsa, ishlab chiqarish samaradorligini oshishi esa jonsiz va jonli mehnatni, xomashe, moddiy resurslarni tejash hisobiga, korxonani kengaytirish va tannarxni pasaytirish hisobiga amalga oshiriladigan bo‘lsa, axborotlar davriga kelib iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining ulushi ortib boradi va ayniqsa axborotlar xizmatini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan vositachilik xizmati yuqori darajada o‘sadi. Marketing tadqiqotlarida axborotning mohiyati va ahamiyatini o‘rganar ekanmiz, avvalam bor marketing axborot tizimi (MAT)ga murojat qilamiz. MAT – 1 Oʻzbek tilining izohli lugʻati. – T.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. DIN, 2015. – 119-120 betlar. 124 insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va to‘g‘ri axborotni to‘plash, tartibga solish, tahlil qilish, uzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axborot tizimi o‘zaro mushtarak, bog‘langan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi. Marketing axborot tizimi marketingli rejalashtirishning takomillashtirish, marketing tadbirlarini amalga oshirish va tadbirlar ijrosi ustidan nazorat maqsadlarida foydalanish yuzasidan aniq qarorlar qabul qilish uchun zamonda axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, baholash va tarqatish yuzasidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq kishilar, asbob- uskunalar va jarayonlar yig‘indisiga kiradi. Quyidagi rasmda marketing axborot tizimining ko‘rinishi aks ettirilgan. (6.1-rasm). Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling