Tadqiqotlari
-rasm. Marketing axboroti tizimining umumiy ko‘rinishi
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
6.1-rasm. Marketing axboroti tizimining umumiy ko‘rinishi
1 Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, axborotga bo‘lgan ehtiyoj va axborotni natijaviy taqdim etish uchun, marketing bo‘yicha mutaxassis maqsadga erishish uchun avvalo rejalashtirish jarayoni va to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilib bo‘lganidan so‘ng uni taqdim etadi. 1 Бендина Н.В. Маркетинг в схемах. –М.:Изд ПРИОР, 2012 с.24 Маркетинг ахборот тизими Tashkilot ichki hisoboti tizimi Marketing tashqi xabarnoma axborot тизими Axborotga boʻlgan ehtiyojni belgilash Axborotni taqdim etish Qaror qabul qilishni quvvatlovchi tizim Marketing tadqiqot tizimi Marketing boʻyicha menejer Tahlil qilish Rejalash- tirish Amalga oshirish Nazorat qilish Marketing muhiti Maqsadli bozor Marketing kanallari Raqobatchilar Ichki va tashqi ishtiyoqli guruhlar Makro-muhit omillari 125 Zamonaviy tadbirkorlik davri o‘zining bir qancha xususiyatlariga ko‘ra dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy kurash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bo‘layotganligida ko‘rinmoqda. Marketing xususida to‘plangan axborotni o‘z vaqtida ishlatish, undan zaruriy yo‘nalishlarni aniqlashda foydalanish natijasida, ko‘pgina firmalar mashxurlikka erishdilar, doimiy xaridorlar ko‘lamiga, ular e’tiboriga sazovor buldilar. Bunday firmalar jumlasiga, «Maykrosoft», «Nayk», «Ribok», «Simens» kabi bir kator firmalarni kiritish mumkin. Marketing faoliyatini tashkil etish va marketing axborotiga bo‘lgan ommaviy zaruriyat quyidagi o‘zgarishlarga bevosita bog‘liq. Birinchidan, zamonaviy tadbirkorlikning dastlabki rivojlanishida asosiy e’tibor xaridor ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, hozirgi paytda asosiy e’tibor xaridorlar istaklarini qondirishga qaratilgan. Ehtiyoj – inson tomonidan his etilgan moddiy va ma’naviy ne’matlarga nisbatan yetishmovchilik demakdir. Ehtiyoj umumlashgan tarzda ushbu ne’matlarga egalik qilishni nazarda tutsa, xaridorlik istagi – alohida insonning moddiy va ma’naviy yetuklik darajasiga ko‘ra, muayyan tovarga bevosita egalik qilish va uni o‘zlashtirish borasida zaruratidir. Lekin, xaridor istagi tushunchasi to‘la ma’noda xaridorning muayyan tovarni sotib olishga, foydalanishga qodir va tayyor ekanligini anglatmaydi. Shu sababli, bu o‘rinda xaridorlik talabi tushunchasini keltirish lozim. Xaridorlik talabi – muayyan tovarni sotib olishga qodirligi va tayyorligi bilan belgilanadigan xaridorlik istagining aniqlashtirilgan shaklidir. Boshqacha qilib aytganda, xaridorning xarid qilishda to‘lovga qodirlik darajasi va imkoniyatida bo‘lgan qismigina xaridor talabi chegarasini ifodalaydi. Demak, zamonaviy tadbirkorlik va marketing faoliyati birinchi o‘ringa xaridorlarning umumlashgan tarzdagi ehtiyojini emas, balki individual xaridorning istagi, didi, xoxishi va o‘zlashtirish xususiyatlari bilan farqlanuvchi – xaridorlar ishtiyoqini qondirishga talab etadi. Shunday qilib turar joyga, ovqatlanishga, dam olishga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdan, muayyan tarzdagi xaridorlar istagini qondirishga, ya’ni ularning salmog‘i, turmush tarzi, odatlari, mavqelari va boshqa 126 xususiyatlarni nazarda tutib, uni qondirish sari yul tutilishi hozirgi paytdagi tadbirkorlik faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biridir. Ikkinchidan, mahalliy mikyosdagi marketingdan, umumdavlat va undan xalqaro marketing faoliyati sari o‘tilishi oqibatida, firmalar o‘z imkoniyatlarini samarali jihatlarini internatsionalizatsiya jarayonida qurmoqdalar. Mahalliy bozor talablarini qondirish uchun kurashda geografik cheklanishlarning yo‘qolishi, yangi tovarlar va xizmatlar bilan yangi bozorlarni o‘zlashtirish samarali ekanligini ushbu xususiyatning asosiy mohiyatini belgilaydi. Ushbu nuqtai nazardan, marketing axborotiga bo‘lgan zarurat tobora ortib bormoqda. Marketing jarayonini samarali tashkil etishda marketing tadqiqoti muhim ahamiyat kasb etmoqda. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan marketing tadqiqoti jarayoni uchun to‘rt muhim manfaatdorlikni ta’minlash lozim. 1. Tovarlar va xizmatlarni xaridorlarga yetkazishning firma va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va samarali shaklini axtarish. Xaridor uchun o‘ta manfaatli savdo va xizmat ko‘rsatish shakllari asosida xaridorning barcha psixologik, fiziologik va boshqa xaridor istaklarini qondirish. Bu jihatdan, «xaridor doim haqdir» tamoyili asosida firma o‘z faoliyatini tashkil etishi lozim. 2. Xaridor uchun manfaatli va foydali bo‘lgan manzildagi tovarlar va xizmatlarni taklif etishga intilish. Xaridor geografik jihatdan cheklanish va xizmatlardan foydalanishdan yetishmovchilikni sezmasligi lozim. 3. Xarid etish vaqti xaridor uchun qulay va ko‘p jihatdan manfaatli bo‘lishini ta’minlash yoxud kerakli va zaruriy vaqtda sotuvchining xaridorga tegishli tovarlar va xizmatlarni taklif eta olish qobiliyatini oshirish. 4. Xarid qilish va foydalanishdan xaridorning mamnunligi va manfaatdorligini ta’minlash. Ko‘pgina xollarda, xaridor o‘zi uchun zarur tovarlarni sezmay qoladi va e’tibor bermaydi. Ana shu vaziyatda sotuvchi xaridor ishtiyoqini seza bilishi, uni ushbu bozorda kerakli tovarlar bilan ishtiroki muhim ekanligini anglashi zarur bo‘ladi. Ushbu manfaatdorlikka erishish uchun zaruriy shart – sharoitni marketing tadqiqoti amalga oshiradi. Yetarli axborotni to‘plash kelgusi o‘zgarishlarni belgilash 127 uchun ushbu tadqiqotning ahamiyati beqiyosdir. Jumladan, yuqorida qayd etilgan manfaatdorlikni ta’minlash marketingning tarkibiy elementlarida o‘z aksini topadi, ya’ni «Marketing – Miks» dasturi tarzida: boshqacha qilib aytganda turt «P»., ingl. «R» tovar, baho, manzil va tovarlarni talabga moslashtirish bo‘yicha kelgusi amaliy tadbirlarda oydinlashtiriladi. Demak, marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi istalgan korxona rahbariyati bozordagi holat, qo‘yilgan maqsadlar va bajariluvchi vazifalar xarakteri hamda belgilangan strategiyadan kelib chiqqan holda qaysi marketing tadqiqotlarini va qanday ketma- ketlikda o‘tkazish, qanday inson va moliya resurslarini ishga solish, nimani o‘z kuchi bilan qilish, qaysi tadqiqotlarni chetdan bajaruvchilarga buyurtma qilish foydali ekanligini hal qilishga majbur. Inson va moliya resurslarini tejash va bunda marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda katta natijaga erishish uchun ushbu muammoni istiqbolda qanday bo‘lishini konseptual jihatdan ko‘rish zarur. Ushbu konsepsiyani ishlab chiqish marketing tadqiqotlarini butun murakkabliklarini bilan ko‘rishdan tashqari uni yanada oqilona usullari bilan hal qilish yo‘llarini belgilashga imkon beradi. Bu esa yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling