Tadqiqotlari


 Variatsiya qatorlarini tahlili


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

8. Variatsiya qatorlarini tahlili. 
Variatsiya qatorlari – raqobatdoshlik darajasini hisoblash, iste’molchining va 
turli iste’molchilarga sotuvning notekisligini tahlil etishni asosi hisoblanadi. ABS – 


121 
tahlilini o‘tkazish funksional qiymat tahlilini amalga oshirishda ushbu uslub keng 
foydalaniladi. 
9. Dinamika va prognozlashtirish tahlili. 
Marketing tadqiqotlarini olib borishda indeks uslubi, progressiya tahlili, o‘sish 
templarini tahlil etishga o‘xshagan uslublardan keng foydalaniladi. Dinamika 
deganda nafaqat o‘sish balki pasayish holati ham aks etadi. Hozirgi kunda bozor 
jarayonlari dinamikaning modellashtirish yoki iste’molchilar tomonidan tovarni man 
etish jarayonini o‘rganish muhim o‘rin egallaydi. 
10. 
 Marketing va statistika. 
Statistika metodologiyasi va marketing vazifalari alohida marketing – statistika 
shakllanib marketing tadqiqotlarini vazifasini yechim topishiga yo‘naltirilgan amaliy 
statistika bo‘lishi tariqasida xizmat qiladi. Tavsiya qilinayotgan o‘quv qo‘llanmaning 
ham asosiy vazifasi tariqasida marketing tadqiqotlarida statistik uslublardan unumli 
foydalanish bo‘lib xizmat qilsa, o‘quvchi tomonidan matematika modellashtirish 
hamda marketing fanlarini chuqur o‘rganishni taqazo qiladi. Marketing tadqiqotlari 
mahsulotni ishlab chiqarishdan tortib to bozorga chiqib ketgunga qadar bosqichlarni 
o‘rganish va undagi ustunlik va muammolarni ajratish bo‘lajak strategik rejalarni 
ishlab chiqarish va uni amalda tadbiq etishdan iborat. Bu borada maxsulot statistikasi 
quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan bo‘linmalardan iborat: 
1. Maxsulotni absolyut va nisbiy baholash; 
2. Tovarning xilma – xilligini tahlili; 
3. Mahsulotni ishlab chiqish; 
4. Tovar bo‘yicha marketing qarorini qabul qilishga ta’sir etuvchi omillar va 
sharoitlar tahlili; 
5. Iste’molchilar hulqi va ular talablarining tahlili; 
6. Mahsulot yoki korxonaning bozordagi o‘rnini tahlili. 
O‘quv jarayonida statistika, statistika nazariyasi, iqtisodiy tahlil, menejment 
tadqiqotlari, marketingni boshqaruvga o‘xshagan fanlar o‘zaro kam bog‘langan. 
Vaholangki, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda cheksiz 


122 
bo‘lgan ma’lumotlarni zaruriyatini tanlab olish, ularni qayta ishlash va qaror qabul 
qilish uchun barcha fanlardan olingan bilimlardan foydalanish muhim o‘rin tutadi. 
Ushbu bobda marketing tadqiqotlarida statistik tahlilning ayrim metodologik 
asoslariga to‘xtaldik. Falsafiy kategoriyalar hayot inikosi. Iqtisodiy jarayonlar esa 
ijtimoiy hayotning bir bo‘lagidir. Shu tufayli iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishga 
bog‘ishlangan marketing tadqiqotlarida statistik tahlil ham shu falsafiy 
kategoriyalarga to‘liq asoslanadi.

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling