Tadqiqotlari
- rasm. Marketing tadqiqotlarini taqsimlash
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
4.5- rasm. Marketing tadqiqotlarini taqsimlash Marketing tadqiqotlari muammolarini tovar (xizmat)lar iste’molchilari bo‘yicha tasniflashda odamlarning yoshi bo‘yicha tovar (xizmat)ni yetkazib berish masalasiga ham e’tiborni qaratish lozim. Chunki, bir xil o‘lchamdagi kostyum yoshiga qarab turli fasonda, ko‘rinishda tikilishi mumkin. Qaysi rangdaligi ham odamlarning yoshiga qarab tanlash lozimligini taqozo qiladi. Shunday qilib, marketing tadqiqotlari muammolarini tovar (xizmat)lar iste’molchilari bo‘yicha tasniflash ham ko‘rsatdiki, ushbu guruhning o‘zida ham juda katta muammolar mavjud ekan. Shu tufayli ushbu masalada to‘g‘ri xulosalarni chiqarish, to‘plangan axborotlarni tizimga keltirish uchun matematik, statistik va iqtisodiy tahlil usullaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlash (problem definition) marketing tadqiqotlari muammosining umumiy va uning alohida qismlari bo‘yicha aniqlashdan iborat. 4.5 – rasmda ushbu jarayonni olib borish chizmasi keltirilgan bo‘lib, unda muammoni aniqlash vazifasini bajarish uchun qaror qabul qilayotgan shaxslar, tarmoq va boshqa ekspertlar bilan suhbat o‘tkazish, ikkilamchi ma’lumotlarni tahlil etish, ma’lum sifatli tadqiqotlar o‘tkazishdan iboratligi berilgan. Marketing tadqiqotlari Muammoni aniqlash uchun tadqiqotlat Muammoni yechimini topish muammolar • Bozor salohiyatini tadqiq etish • Bozorning ulushini tadqiq etish • Nufuzli (imidj) tadqiq etish • Bozor tavsiflarini tadqiq etish • Sotuvlarni tadqiq etish • Prognozli tadqiqot • Ishbilarmonlik tendensiyalarini tadqiq etish • Segmentatsiya uchun tadqiqot • Tovarni tadqiq etish • Narxni tadqiq etish • Siljishni tadqiq etish • Taqsimotni tadqiq etish 96 Oldin eslatib o‘tkanimizdek, marketolog boshqaruv qarorini qabul qilish va qanday maqsad ko‘zlayotganini aniq bilishi kerak bo‘lsa, menejerlar tomonidan marketing tadqiqotlarini har bir elementidan kutilayotgan natija qiziqtiradi. Bu vazifani bajarish uchun, marketolog tomonidan tashqi muhit omillarini tahlil qilgan holda, muammoni paydo bo‘lish holatlari yoritiladi. Boshqacha qilib aytganda, marketolog tomonidan har bir omilning ta’sirini ko‘ra bilishi orqali boshqaruv qarorini qanday qabul qilinishi yondashuvi ishlab chiqiladi. Buning uchun qaror qabul qiluvchi boshqa shaxslar bilan vazifalarni muhokama qilinishi, tarmoq ekspertlaridan interv’yu olinishi hamda ikkilamchi ma’lumotlarni tahlil qilishi zarurdir Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling