Tadqiqotlari
-rasm. Marketing tadqiqotlarida tovar (xizmat)larni sotish bozori bilan
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
4.3-rasm. Marketing tadqiqotlarida tovar (xizmat)larni sotish bozori bilan bog‘liq muammolar tasnifi Marketing muammolaridan yana bir guruhi tovar (xizmat)larni sotish vaqti bo‘yicha aniqlashdan iboratdir. Chunki, juda ko‘p jarayonlar mavsumiy xarakterga ega va ko‘p jihatdan belgilangan qonunchilik asosida bo‘lmasdan, an’anaga asoslangan holda bajariladigan yumushlardir. Ushbu muammolar ham o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi: - doimiy muammolar; - mavsumiy muammolar. Mazkur guruhlar quyidagi rasmda keltirilgan (4.4-rasm). Shuningdek, marketing muammosini aniqlash va uni hal etish 4.5 – rasmda marketing tadqiqotlarining tasnifiy belgilari asosida guruhlashtirish amalga oshirilgan. 4.4-rasm. Marketing muammolarini sotish vaqti bo‘yicha tasniflash Marketing tadqiqotlari muammolarining sotish bozori boʻyicha tasnifi Tashqi bozor Hududdan tashqarida Davlatdan tashqarida Ichki bozor Doimiy • Ayrim tovar (xizmat)lar borki doimiy ishlab chiqariladi va doimiy isteʼmol qilib boriladi. Masalan, non. Ishlab chiqarilishi ham isteʼmoli ham doimiy ravishda davom etadi. Bundagi marketing tadqiqotlari muammosi oʻziga xos Mavsumiy • Mazkur guruh muammolar juda katta. Chunki, shunday tovar (xizmat)lar borki, doimiy ravishda ishlab chiqariladi, ammo mavsumiy isteʼmol qilinadi. Masalan, yozgi yoki qishgi kiyimlar, baliq mahsulotlari. Ayrim tovarlar borki, mavsumiy ishlab chiqariladi, ammo doimiy isteʼmol qilinadi. Masalan, meva va sabzovotlar. 94 Marketing tadqiqotlari muammolarini tovar (xizmat)lar iste’molchilari bo‘yicha tasniflashda birinchi navbatda odamlarning jinsi bo‘yicha tovar ( xizmat)ni yetkazib berish muammolariga e’tiborni qaratish lozim. Ayrim tovar (xizmat)lar borki, ularni sotishda tabaqalanish inobatga olinmaydi. Masalan, non va boshqa oziq- ovqat mahsulotlari, juda ko‘p oilaviy umumiy foydalanadigan tovarlar (televizor, xolodilnik, avtomashina kabilar) shular jumlasiga kiradi. Ammo juda ko‘p tovarlarning bir qismi faqat ayollarga yoki erkaklarga, ayrimlari esa, bolalarga mo‘ljallangan. Bunga asosan kiyim-kechaklarni misol qilish mumkin. Har bir kiyim kechakdan qancha erkaklarga, qaysi o‘lchamda, qanchasi ayollarga va ular ham o‘lchami va boshqa assortiment turlari bo‘yicha ishlab chiqarish lozimligi, keyin ularni sotish muammosi barchasi ushbu marketing muammosida jamlanadi. Bularning qay tarzda amalga oshirilishi mumkinligini ushbu muammolarning yechimi orqali hal bo‘lishini inobatga olish lozim. Marketing tadqiqotlari muammolarini tovar (xizmat)lar iste’molchilari bo‘yicha tasniflashda kishilarning kasbi bo‘yicha tovar (xizmat)ni yetkazib berish masalasi ham muhim yo‘nalishlardan biridir. Chunki, ayrim kasbdagi tovarlar maxsus shu kasbga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bularga tibbiyot xodimlarining maxsus kasbiy xalati, ayrim yirik kompaniyalarning maxsus kiyimi, ishchilarning ish kiyimi kabilarni misol keltirish mumkin. Ushbu kiyimlarni ham qancha va qayerda ishlab chiqish, kimlarga sotish masalasi ham yechimini kutayotgan muammo tarzida hamisha kun tartibidan tushmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling