Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

8.1.- jadval 
Amaliyotda quyidagi so‘rovlardan foydalaniladi:
Telefon orqali 
Pochta orqali 
Shaxsiy intervyu 
N…….. 
N……… 
N……………… 
Ulardan har biri ma’lum bir afzallik va kamchiliklarga ega.
Telefon orqali so‘rovning afzalliklari:
yuqori tezkorlik,


189 
➢ arzonlik,
➢ berilgan savolni tushuntirish imkoniyati.
Kamchiliklar:
➢ faqat telefon abonentlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazish imkoniyati tanlab 
olishning mos kelishini ta’minlay olmaydi;
➢ savollarga javob berishdan bosh tortish, ayniqsa shaxsiy xarakterli 
savollarga javob bermaslik ehtimoli yuqori;
➢ so‘ralayotgan shaxsning bandligi (telefon qo‘ng‘irog‘i kutishi, telefondan 
boshqalarning foydalanishi) sababli suhbatdan qisqa bo‘lishi;
Pochta orqali so‘rovning afzalliklari:
➢ intervyuyerning ta’sirini yo‘q qilish,
➢ shaxsiy xarakterli savollarga javob uchun eng 
yaxshi zamin hozirlash,
➢ keng tarqalgan auditoriyani qamrab olishning 
nisbatan arzonligi.
Kamchiliklari:
➢ tezkorlikning pastligi:
➢ tarqatilgan anketalarning bir qismi qaytarilmaslik ehtimoli (odatda 
anketalarning yarmidan ko‘pi qaytarilmaydi);
➢ savolni tushuntirib berish imkonining yo‘qligi savollar doirasini cheklashga 
olib keladi (ular sodda va aniq ifodalangan bo‘lishi zarur);
➢ savol yo‘llanmagan kishilardan javob kelish ehtimoli.
Marketing tadqiqotlari o‘tkazish amaliyotida pochta orqali so‘rov, ayniqsa, 
panellar keng tarqalgan. Ular bir xil vaqt oralig‘idan so‘ng bir necha marta so‘rov 
o‘tkazish yo‘li bilan katta guruhdagi iste’molchilardan keng doiradagi savollar 
bo‘yicha axborot olishni ta’minlaydi. Panel so‘rovlari oila xarid qiluvchi tovalar 
miqdori, moliyaviy xarajatlar, afzal ko‘riluvchi narx darajasi, turli ijtimoiy 
guruhlardagi iste’molchilar xulq-atvori o‘rtasidagi farqlar, tovar markasiga sodiqlik 
kabi ma’lumotlar bo‘yicha axborot olish yo‘li bilan tashqi muhitda ro‘y beruvchi 
o‘zgarishlarni muntazam hisobga olib borish imkonini beradi.


190 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling