Tadqiqotlari
Iste’mol bozorining ko‘lami va xususiyati
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
10.2. Iste’mol bozorining ko‘lami va xususiyati Iste’mol bozori – uy xo‘jaliklari va individual xaridorlarning o‘z ehtiyojlari uchun sotib oladigan barcha tovarlar va xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Iste’mol bozori ko‘lamini o‘rganishda uni bir qancha belgilariga ko‘ra turkumlash mumkin. Xususan, tovarlarni iste’mol qilish davriyligiga ko‘ra ularni: ➢ uzoq muddatli iste’mol tovarlari; ➢ qisqa muddatli iste’mol tovarlari; ➢ xizmat turlariga ajratish mumkin. Iste’mol tovarlari bilan savdo qilish xususiyatiga ko‘ra esa ularni: ➢ kundalik iste’mol tovarlari; ➢ dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar; ➢ alohida talabga ega bo‘lgan tovarlar; ➢ passiv talabdagi tovarlarga bo‘lish mumkin. Ushbu turkumlash belgisi va tegishli guruhlariga kiruvchi tovarlar xususida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Ko‘pgina hollarda kundalik iste’mol tovarlari guruhiga faqat oziq-ovqat mahsulotlarini kiritish, bizning mamlakatimiz aholisi uchun ko‘nikma bo‘lib qolgan. Chunki, dastlabki ma’muriy iqtisodiyot tizimidagi keng ko‘lamdagi ixtisoslashuv bevosita sanoat iste’mol bozorida ham takrorlanar edi. Hozirgi vaqtda esa ko‘pgina firmalar va savdo shaxobchalari xorijiy tajriba va savdo qilishdagi mahalliy ko‘nikmani nazarda tutib, kundalik iste’mol tovarlarni bir muncha to‘gri shakllantirishga yondoshmoqdalar. 219 Kundalik iste’mol tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar, kir yuvish, tozalash vositalari, uy xo‘jaligi uchun zaruriy mayda tovarlar, ayrim kanselyariya tovarlari, kundalik ruznomalar, ommabop oynomalar va hokazolarni kiritish mumkin. Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish intensivligiga ko‘ra ularni o‘z navbatida yana 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin: a) doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar; b) impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar; v) favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar. Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar-xaridorlar tomonidan dastlabki ko‘nikmaga, odatga ko‘ra tanlovsiz, qiyoslashsiz sotib olinadi. Masalan, oila uchun ko‘nikmadagi non mahsuloti turi, xo‘jalik sovuni, o‘simlik yog‘i va hk. Impulsiv tarzda sotib olinadjigan tovarlar guruhiga esa xaridor doim ular xaqida o‘ylamaydigan, lekin uchrashi bilan beixtiyor xarid etadigan tovarlar kiradi. Favqulodda holatlar uchun xarid odatda retseptsiz sotiladigan dori-darmonlar, uy xasharotlariga qarshi dorilar, zontlar, tuzatish tovarlari va shunga o‘xshash xaridor duch kelgan sharoitdagina zarur bo‘lgan tovarlardan tashkil topadi. Dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar safiga: mebellar, kiyim-kechaklar, uy-ro‘zg‘or uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlardan qiyoslashni, narx, moda, dizayn jihatdan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab etadi. Ushbu tovarlar o‘xshash (sifat jihatidan bir biriga yaqin, lekin dizayni va narxi jihatidan farqlanadigan) hamda alohida ko‘rinishdagi (rangi, fasoni, nav jihatidan) xarid didi va holatiga mos bo‘lgan tovarlarga bo‘linadi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling