226
Iste’mol bozorida xaridorlar xulq-atvori motivlari. Yakuniy iste’molchilar
xulq-atvori ularning
individualligiga qaramasdan,
ularning har birida shaxsiy
ehtiyojlar tizimi mavjudligi bilan ajralib turadi (10.5-rasm).
10.5-rasm. Inson ehtiyojlari tizimi
1
Yuqoridagi boblarda ko‘rib chiqqanimizdek
, absolyut ehtiyojlar muayyan
iste’mol qiymatlariga nisbatan abstrakt bo‘lib, jamiyatning potensial iste’mol kuchini
ifodalaydi.
Absolyut ehtiyojlar quyidagi turlarga taqsimlanadi:
Fiziologik:
ochlik, tashnalik, salomatlik, xavfsizlik, harakatlanish, uyqu, naslni
davom ettirish va b.;
His-tuyg‘u:
muhabbat, do‘stlik, rohat, hokimlik, agressiya, yumor;
Intellektual: ijod, qiziqish, ta’lim, haqiqat;
Ma’naviy:
fidokorlik, falsafa, din, urf-odatlar.
Haqiqiy ehtiyojlar nisbiy xarakterga ega bo‘lib, jamiyatda mavjud bo‘lgan
yoki u istiqbolda ega bo‘ladigan real predmetlarga ehtiyojni ifodalaydi. Ular
muayyan moddiy ishlab chiqarish mahsulotlarida buyum holida namoyon bo‘ladi va
jamiyatning real iste’mol kuchi sifatida ko‘rib chiqiladi.
1
Бендина Н.В. Маркетинг в схемах. –М.:Изд ПРИОР, 2015, с.83
Absolyut
ehtiyojlar
Nisbiy ehtiyojlar
Haqiqiy ehtiyojlar
To’lov layoqatiga ega
ehtiyojlar
Fiziologik
His-tuyg’u
Intеllеktual
Ma'naviy
Do'stlaringiz bilan baham: