Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- to‘lov layoqatiga ega ehtiyojlari
Shaxsning jismoniy va
ma'naviy rivojlani-shini ta'minlovchi moddiy nе'mat va xizmatlarda Sh a x s i y e ? t i yo j 227 Inson ehtiyojlarini o‘rganish quyidagilarga imkon beradi: ➢ iste’mol strukturasini tuzish; ➢ ularning son ko‘rsatkichlari va dinamikasini aniqlash; ➢ ehtiyojlarni qondirish navbatini aniqlash; ➢ tovarlarning iste’mol xususiyatlarini tasniflash va o‘lchash; ➢ qondirilgan va qondirilmagan ehtiyojlar strukturasini belgilash. Aholining to‘lov layoqatiga ega ehtiyojlari ikkita omilga – bir tomonidan iste’molchilarning pul daromadlari darajasi va tovarlar narxiga, ikkinchi tomondan esa tovar massasi hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Aynan shu sababli ular absolyut va haqiqiy ehtiyojlarni qodirishning real darajasidan, demak, jamiyatning rivojlanish darajasidan dalolat beradi. 10.4. Xaridni amalga oshirish motivatorlari Tadbirkorlik faoliyatida barqaror muvaffaqiyatga erishish uchun tovarlarni xarid qilishda qaysi motivlar iste’molchilar xulq-atvorini belgilab berishini tushunish zarur. Motiv bu shunday ehtiyojki, u xaridorni o‘zini qondirish uchun har qanday usullarni izlab topishga majbur qiladi. Xaridni amalga oshirish motivatorlari ikki toifaga - ratsional (mantiqiy) va his- tuyg‘u (psixologik) toifaga taqsimlanadi. Ratsional (mantiqiy): ➢ foyda yoki pulni tejash; ➢ omilkorlik; ➢ salomatlik; ➢ kafolat muddati va ishonchlilik; ➢ ehiyotkorlik. Har qanday mahsulotni sotib olishda kafolat muddati va ishonchlilik katta ustunlik berishi mumkin. Agar iste’molchi har kuni do‘konga yoki bozorga tashrif bu.rish imkoniga ega bo‘lmasa, bu holda u saqlanish muddati uzoqroq bo‘lgan mahsulotni tanlaydi. 228 Fermerlar ham o‘z xo‘jaligi uchun qishloq xo‘jalik texnikasini xarid qilishda traktor va kombaynlarning ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishiga e’tibor qaratadi. Biroq ratsional motivlar doim ham asosiy bo‘lavermaydi. Ko‘pincha his-tuyg‘u motivlari kuchliroq bo‘lib chiqadi. To‘g‘ri, fermerlar o‘z tabiatidan kelib chiqqan holda bu motivlar ta’sriga kamroq bo‘ysinadi, lekin shunda ham ularni esdan chiqarmaslik kerak. His-tuyg‘u motivlari: ➢ mag‘rurlik; ➢ qoniqish; ➢ moyillik; ➢ ma’qullash; ➢ qo‘rquv; ➢ sertakalluflik. Shunday bo‘ladiki, dehqonlar oilasida avloddan-avlodga bitta korxonaning o‘zida ishlab chiqarilgan mehnat qurollaridan foydalaniladi. Mehnat qurollarining o‘zi ham takomillashtiriladi. Ba’zida bu mehnat qurollari boshqalardan ortda qolsada, baribir ularni tanlab olishadi. Sertakalluflik va savdo markasiga moyillik bunday bog‘lanib qolishga sabab bo‘ladi. Nisbatan qulay mehnat sharoitlarini ta’minlovchi texnikaning paydo bo‘lishi, qo‘shnilaridan kam bo‘lmaslik istagi xaridorlarni qimmatroq tovar xarid qilishga majbur qiladi. Biroq bu doim ham narx–sifat nisbati nuqtai nazaridan samarali bo‘lavermaydi. Iste’mol bozorida xaridorlarning xulq-atvor motivlari turli guruhdagi omillar ta’siri ostida shakllanadi (4.1-jadval). Iste’molchilar xulq-atvoriga istalgan bozorda ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ahamiyati muammosiga bir-biriga zid keluvchi turli yondashuvlar mavjud. Hayot shunchalik serqirra va jo‘shqinki, u yoki bu guruhdagi omillarning ustuvorligi masalasini qo‘yishning o‘zi maqsadga muvofiq emas va zararli hisoblanadi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling