Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
10.6-rasm. Iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganish modeli 1 Korxonalar bozorida iste’molchi xulq-atvori motivlari. Iste’molchi-korxonalar bozori boshqa tovarlarni ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tovarlarni, foyda olish maqsadida qayta sotish uchun, shuningdek, o‘z funksiyalarini bajarish uchun xarid qiluvchi tashkilotlar va shaxslardan iborat. Ushbu bozorda xarid to‘g‘risida qabul qilinuvchi qaror iste’mol bozoriga nisbatan murakkabroq kechadi. Xarid motivlari iste’mol bozoridagi kabi bo‘lishi hamda korxonalar oldiga qo‘yiluvchi maqsadlar bilan kuchaytirilishi va jamiyat oldida ijtimoiy javobgarlik darajasining yuqoriligi bilan ajralib turishi mumkin. Korxonalar amalga oshiruvchi xaridlar: ➢ odatda katta hajmda mablag‘lar sarflanishi bilan bog‘liq bo‘ladi; ➢ murakkab iqtisodiy va texnik hisob-kitoblar bilan amalga oshiriladi; ➢ turli boshqaruv pog‘onasidagi kishilarning o‘zaro aloqada bo‘lishini talab qiladi; ➢ qaror qabul qilish uchun ko‘p vaqt talab qiladi; ➢ iste’mol bozoriga nisbatan ko‘proq rasmiylashgan bo‘ladi (odatda buyurtmalarni yozma rasmiylashtirish talab -ilinadi); 1 Гольдштейн Г.Я., Катаев А.В. Маркетинг: Учебное пособие для магистрантов. Таганрог: Изд-во ТРТУ, 2001. 85 с. ichki omillar korxona Xo'jalik muhiti Rag’batlar His etish Qabul qilish xulq-atvor So’rovlar va afzal-liklar motivlar bozordagi maqsadlar Qaytuvchan aloqa shaxsiy xislatlar ijtimoiy omillar daromad darajasi 231 ➢ bitim sub’ektlari (sotuvchi va xaridor korxona) ko‘p hollarda bir-biriga qattiq bog‘lanib qoladi; ➢ ta’min7otchilar iste’molchilar bilan ularning muamolarini aniqlashdan tortib to ularning yechimini topish va ularga tovarni sotishgacha hamkorlik qilishi mumkin. Korxonalar bozorida xarid to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni 10.7-rasmda aks ettirilgan. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling