Tadqiqotlari


"Iste’molchining yetti huquqi"


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

"Iste’molchining yetti huquqi". 
1.Raqobatlashuvchi narxlar bo‘yicha takliflar yetarli va iste’molchiga monopol 
ta’sir cheklangan sharoitlarda o‘zining asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun tovarni 
tanlash huquqi.
2.Tovarning xavfsiz bo‘lishi va sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) taklifiga aynan mos 
ishlashi huquqi.
3.Tovarning eng muhim xususiyatlari, sotuv usullari, kafolatlar va iste’molchiga 
to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beruvchi boshqa ma’lumotlarni olish huquqi.
4.Sifatsiz tovarlardan himoyalanish va ulardan foydalanish natijasida yetkazilgan 
zararni qoplash huquqi.
5.O‘z manfaatlarini himoya qilishda davlat va jamoatchilik organlari tomonidan 
qo‘llab-quvvatlanish huquqi.
6.Iste’molchiga qaror qabul qilishni yengillashtiruvchi turli bilim va ko‘nikmalar 
olish huquqi.
7.Sog‘lom turmush tarzi uchun xavf solmaydigan sog‘lom atrof-muhit huquqi.
Iste’molchining talabiga binoan ishlab chiqaruvchi va sotuvchi darhol sifatsiz 
tovarni almashtirib berishga majbur. Tovar sifatini qo‘shimcha tekshirish zarur bo‘lgan 
hollarda tovarni almashtirib berish e’tiroz bildirilgan kundan boshlab 20 kun ichida 
amalga oshirilishi lozim. Sotuvchida ayni paytda zarur tovar bo‘lmagan hollarda tovarni 
almashtirib berish bir oy muddat ichida amalga oshirilishi lozim.
O‘z huquqlarini himoya qilish uchun iste’molchiga sudga murojaat etishi 
mumkin.
Korxona qaysi bozorda faoliyat ko‘rsatayotganligidan qat’iy nazar yodda tuting. 
Xaridorlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda quyidagi qoidalarga amal qilish 
zarur:
➢ iste’molchi korxonaga murojaat etuvchi eng muhim shaxs; 
➢ iste’molchi korxonaga emas, balki aksincha, korxona iste’molchiga bog‘liq 
bo‘ladi; 
➢ iste’molchi korxona ishiga xalaqit bermaydi, u korxona faoliyatining asosiy 
maqsadi hisoblanadi; 
➢ iste’molchi bilan bahslashmaydilar; 


235 
➢ iste’molchi korxonaga o‘z istaklarini bildiradi. Korxonaning ishi ushbu 
istaklarni o‘ziga va iste’molchiga foyda keltirish maqsadida bajarishdan iborat. 
Xaridga qulay reaksiya bo‘lishi usun turli mexanizmlardan foydalaniladi:
➢ qo‘shimcha, jumladan, bepul xizmatlar taqdim etish; 
➢ sifatsiz tovarni hnch qanday gap-so‘zsiz boshqa tovarga almashtirib berishni 
kafolatlash (buning uchun pul tushumining 5-20% hajmida zaxira fondi saqlanadi); 
➢ mijozlar bilan tunu-kun ishlovchi maxsus xizmatni tashkil qilish; 
➢ doimiy mijozlarga chegirmalar taqdim etish. 
Iste’molchi tovarni xarid qilishda ishlab chiqaruvchini; sifat standarti va asosiy 
iste’mol xususiyatlari ro‘yxatini; oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi, kaloriyaligi, ularda 
salomatlik uchun zararli moddalarning mavjudligi va ayrim kasalliklarda iste’mol uchun 
yaroqsizligini; ishlab chiqarilgan sana va yaroqlilik muddatini bilishga, shuningdek
sifatsiz tovarni xuddi shunday boshqa tovarga almashtirib berish yoki yetkazilgan 
zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling