Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
Navbatda keltirilayotgan 10.3-jadvalda ta’minotchilar ishini baholash uslubiyati aks ettirilmoqda. 10.3-jadval Ta’minotchilar ishini baholash uslubiyati № Tavsifnoma Tavsifnoma ahamiyati Baholash shkalasi Yomon qoniq Yaxshi A’lo 1 2 3 4 1 Narx 0,3 X 2 Reputatsiya 0,2 X 3 Ishonchlilik 0,3 X 4 Xizmat ko‘rsatish darajasi 0,1 X 5 Moslashuvchanlik 0,1 X Har bir tavsifnoma 1 dan 4 gacha ball muhimlik shkalasiga ega. Har bir tavsifnoma 0,1 dan 0,3 gacha koeffitsiyent bholash shkalasiga ega. Xaridor ta’minotchilarni mustaqil ravishda ranglarga ajratadi va yakuniy bahoni oladi. 233 10.5. Iste’molchi huquqlari Rivojlangan mamlakatlarda iste’molchilar bozorda tarqoq va ajralgan holda emas, balki tashkillashtirilgan omma sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tovar ishlab chiqaruvchilar va vositachilar faoliyatini qiyinlashtirib, ularni iste’molchilarning shaxsiy hamda umumiy talablarini hisobga olishga majbur qiladi. Iste’molchilar huquqlari mutloq va daxlsizdir. Aldov, tovarlar sifatining pastligi, e’tirozlarga e’tibor qaratmaslik iste’molchilarning qonuniy huquqlarini kamsitish hisoblanadi. Iste’molchi suvereniteti bu – mavjud mablag‘lar doirasida o‘ziga kerakli narsani xarid qilish, sotuvchini, xarid qilish joyi, vaqti va boshqa shartlarni erkin tanlash huquqi va real imkoniyatidir. Kons’yumerizm – iste’molchilarning o‘z huquqlarini himoya qilish va kengaytirish, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar, savdogarlar va vositachilarga ko‘rsatuvchi ta’sirini oshirish maqsadida tashkil etilgan harakati. U o‘z faoliyatida turli ommaviy axborot vositalari va reklamadan foydalanadi, iste’molchilarga maslahatlar beradi, tovarlarni mustaqil ekspertizadan o‘tkazadi, sifatsiz tovar va xizmatlarga da’vogar bo‘lib chiqadi, iste’molchilarda iste’mol madaniyatini tarbiyalaydi. 1985 yilda BMT Bosh Assambleyasi quyidagilar uchun "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tamoyillari"ni ishlab chiqdi: ➢ mamlakatlarga milliy va xalqaro miqyosda zararli ishbilarmonlik amaliyotiga qarshi kurash; ➢ xaridorlarga arzon narxlarda keng tanlov imkoniyati hadya etuvchi bozor sharoitlarini shakllantirishni rag‘batlantirish; ➢ tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lganlarning xulq-atvori me’yori yuqori bo‘lishini rag‘batlantirish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling