Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
 
 
 
 
 
 
 
11.1-rasm. Marketing tadqiqotlari o‘tkazishning umumiy sxemasi 
Internetda marketing tadqiqotlari o‘tkazishni an’anaviy tadqiqotlardan ajratib 
turuvchi asosiy farqlar axborot to‘plash usullari va ma’lumot manbalari hisoblanadi. 
Ma’lumot manbalari 
Tadqiqot rejasi birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlardan foydalanishni ko‘zda 
tutishi mumkin. Birlamchi ma’lumotlar mazkur loyihani amalga oshirishda muayyan 
maqsadda to‘planadi. Ikkilamchi ma’lumotlar esa boshqa maqsadlar uchun olingan, 
ma’lum bir shakldagi axborotlar hisoblanadi. 
Odatda, tadqiqotlar vazifani to‘liq yoki qisman hal qilish uchun to‘g‘ri 
keluvchi hamda birlamchi ma’lumotlar to‘plash uchun xarajatlarni qisqartirishga 
imkon beruvchi ikkilamchi ma’lumotlar tahlilidan boshlanadi. Ikkilamchi 
ma’lumotlarning asosiy manbalari quyidagilardan iborat: 
➢ korxona faoliyati haqidagi ichki ma’lumotlar; 
➢ Internet orqali olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. Bu holatda web-sahifa 
va web-saytlar, ma’lumotlar to‘plami, telekonferensiya va fayl serverlari manba 
vazifasini bajarishi mumkin.
Vazifalar qo’yish va 
maqsadlarni bеlgilash 
Tadqiqot rеjasini ishlab 
chiqish
Axborot to’plash
Axborotni tahlil qilish
Tadqiqot natijalarini 
taqdim etish


239 
Zarur ma’lumotlarni ikkilamchi ma’lumotlar tarkibidan topishning imkoni 
bo‘lmagan yoki bu ma’lumotlar to‘liq, aniq va yetarli darajada ishonchli bo‘lmagan 
yoki eskirib qolgan hollarda birlamchi ma’lmotlarni to‘plashga to‘g‘ri keladi. 
Birlamchi ma’lumot to‘plashning asosiy usullari so‘rovlar, kuzatuv usuli va 
eksperimentlar o‘tkazish hisoblanadi. 
Internetda ma’lumot to‘plash usullari 
Ma’lumot to‘plashda foydalaniluvchi usullar o‘tkazilayotgan tadqiqot turiga 
qarab ikki xil – birlamchi yoki ikkilamchi usullarga taqsimlanadi. 
Ikkilamchi marketing tadqiqotlari o‘tkazishda birinchi o‘ringa Internetda zarur 
axborotlarni qidirish usullari chiqadi. Bugungi kunda asosiy qidiruv vositalari qidiruv 
tizimlari va kataloglar hisoblanadi. Bir qator hollarda, ulardan foydalanish yetarlicha 
samara bermagan sharoitlarda tematik saytlar, «sariq sahifalar» va boshqa resurslar 
bo‘yicha «qo‘lda qidirish» amalga oshiriladi.
Birlamchi axborot to‘plashda ma’lumot to‘plashning asosiy usuli sifatida 
Internet-so‘rovlari, kuzatuv va eksperimentlar xizmat qiladi. 
1. Internet-so‘rovlar o‘tkazishning eng tarqalgan usuli anketa so‘rovlari 
hisoblanadi. Anketa respondentlar fikrini bilish uchun kiritilgan bir qator savollardan 
iborat bo‘ladi. Bu vosita moslashuvchanligi va universalligi bilan ajralib turishi 
sababli u birlamchi ma’lumotlar to‘plashning eng tarqalgan vositasi sanaladi. 
An’anaviy anketa so‘rovlari o‘tkazishda bo‘lgani kabi, har bir Internet-
tadqiqoti o‘tkazishdan avval anketada foydalaniluvchi savollarni puxta ishlab chiqish 
va sinovdan o‘tkazish zarur. Bu ishga noprofessional yondashuv voqelikni buzib 
ko‘rsatishga yoki olingan natijalar noto‘g‘ri talqin qilinishi olib kelishi mumkin.
2. Kuzatuv usuli biror-bir ob’ekt yoki sub’ektning xulq-atvori muntazam 
ravishda o‘rganiluvchi marketing tadqiqotlari shaklini ifodalaydi. So‘rov usulidan 
farqli o‘laroq kuzatuv usuli kuzatilayotgan ob’ektning axborot haqida xabar qilishga 
tayyor ekanligiga bog‘liq bo‘lmaydi hamda uning xulq-atvori bilan bog‘liq voqea va 
hodisalar haqidagi ma’lumotlarni ochiq yoki yashirin to‘plash va qayd etish jarayoni 
hisoblanadi. Kuzatuv predmeti, masalan, xaridorlar xulq-atvori yoki tavsifnomalari 
bo‘lishi mumkin. 


240 
Bu usulga o‘z web-serveri yordamida firmalar tomonidan o‘tkaziluvchi 
marketing tadqiqotlari kiradi. Bu usul web-serverning jurnal fayllaridan (log files) 
yoki cookie fayllarini qo‘llash asosidagi texnologiyalardan foydalangan holda 
olinuvchi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishdan iborat. Bu ma’lumotlar tashrif 
buyuruvchilarning xulq-atvoriga, ularning sahifalar bo‘ylab harakatlanish ketma-
ketligiga yoki web-serverga tashrif buyurish tezligiga taalluqli bo‘lishi mumkin. 
Saytda qidiruv tizimi joylashtirilgan hollarda foydalanuvchilar kirituvchi so‘rovlar 
ham qo‘shimcha ravishda to‘planishi va tahlil qilnishi mumkin. 
Serverga tashrif buyurish statistikasi tahlili imkoniyatlari eng samarali 
marketing vositalaridan biri sanaladi. Respondentlarning faol ishtirok etishini talab 
qiluvchi so‘rov o‘tkazishdan farqli o‘laroq, statistika tahlili foydalanuvchilarni faol 
harakatga jalb etmasdan turib qimmatli axborot to‘plashga imkon beradi. 
3. Eksperiment usuli ilmiy nuqtai nazardan eng jiddiy usul bo‘lib, sabab-oqibat 
aloqalarini aniqlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Eksperiment ob’ektlari 
maxsus tanlab olinishi hamda ularning reaksiyasi o‘rtasida statistik ahamiyatga ega 
farqlarni aniqlash uchun tashqi muhitni nazorat qilgan holda rejalashtirilgan ta’sirga 
uchratilishi lozim. Ishga aloqasi bo‘lmagan tashqi omillar nazorat ostiga olingan 
darajada kuzatilayotgan samaralar eksperiment olib boruvchilarning ob’ektga 
ta’siriga kiritilishi mumkin. Shu tariqa voqea-hodisalar o‘rtasida aniqlanuvchi 
aloqalar sabab-oqibat aloqalari, eksperiment maqsadlari esa erishilgan deb 
hisoblanishi mumkin. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling