Tadqiqotlari
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
15.3.Hisobot shakli Hisobot shakli marketing tadqiqoti o‘tkazadigan firmaga, tadqiqot uning uchun o‘tkazilayotgan mijozga, loyihaning tabiatiga qarab turlicha variantlarda bo‘ladi. Quyida tadqiqotchi ularning asosida hisobot yozish uchun shaklni oson ishlab chiqish 324 mumkin bo‘lgan tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot haqida hisobotlarning aksariyati quyidagi elementlarni qamrab oladi. I. Titul varag‘i. II. Ilova xati. Sh. Tadqiqot o‘tkazishga ruxsat beradigan xat. IV. Mundarija. V. Jadvallar ro‘yxati. VI. Grafiklar ro‘yxati. VII. Ilovalar ro‘yxati. VIII. Rahbariyat uchun rezyume. a) asosiy natijalar. b) xulosalar. c) tavsiyalar IX. Muammoning ta’rifi. a) Muammoning manbalari. b) Muammoni ifodalash. X Muammoga yondashuv. XI. Tadqiqot rejasi a) Tadqiqot turi. b) Zarur axborotlar c) Ikkilamchi manbalardan ma’lumot to‘plash. d) Birlamchi manbalardan ma’lumot to‘plash. e) Shkalalash usullari. f ) Anketa ishlab chiqish va uni dastlabki sinab ko‘rish. g) Tanlama to‘plam belgilash usullari h) Dala ishlari. XII. Ma’lumotlarni tahlil qilish. a) Metodologiya. b) Ma’lumotlarni tahlil qilish rejasi. XIII. Natijalar. 325 XIV. Cheklovlar va ogohlantirishlar. XV. Xulosa va tavsiyalar. XVI. Ilovalar. a) Anketalar va kuzatuv shakllari. b) Statistika natijalari. c) Adabiyotlar. Bunday hisobot strukturasi, aytish mumkinki, marketing tadqiqoti jarayoni mantiqi bilan chambarchas bog‘liq. Natijalarni hisobotning bir nechta obida aks ettirish mumkin. Masalan, milliy so‘rovda ma’lumotlarni tahlil qilishni to‘liq tanlama to‘plam uchun bajarish, so‘ngra to‘rtta geografik mintaqaning har biri uchun ma’lumotlar alohida tahlil qilinishi mumkin. Agar bu ish aynan shunday bajarilsa, natijalarni beshta o‘rniga bitta bobda aks ettirish mumkin bo‘ladi. Titul varag‘i (title page) hisobot nomi, tadqiqot o‘tkazgan tashkilot yoki tadqiqotchi haqida axborot (ismi, manzili va telefon raqami), hisobot tayyorlangan mijoz-tashkilot nomi, hisobot tuzilgan sanadan iborat bo‘lishi lozim. Hisobot nomi loyiha xarakterini ko‘rsatishi lozim. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling