Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
 
15.2. Hisobot va taqdimot muhimligi 
Hisobot va uni taqdim etish – marketing tadqiqotlari loyihasining eng muhim 
qismidir. 
1.Ular bajarilgan ishlarning sezilarli natijasi hisoblanadi. loyiha yakunlangach 
va rahbariyat qaror qabul qilgach, yozma hisobotni istisno qilganda marketing 
tadqiqotini hujjatlar bilan tasdiqlashning boshqa bir yo‘li yo‘q. U bajarilgan 
loyihaning amaldagi guvohligidir. 
2.Kompaniya menejmenti qaror qabul qilishda hisobot va taqdimotga amal 
qiladi. agar marketing tadqiqoti loyihasining birinchi besh bosqichi puxta bajarilgan, 
oltinchisiga yetarlicha e’tibor qaratilmagan bo‘lsa, loyihaning buyurtmachi uchun 
qimmati keskin pasayadi. 
3.Ko‘plab holatlarda buyurtmachi kompaniyaning menejer-marketologlari 
loyihadagi o‘z ishtirokini yozma hisobot va og‘zaki taqdimot bilan chegaralaydi. Ular 
loyihaning ish sifatini hisobot va taqdimot bo‘yicha baholaydi. 
4.Menejmentning kelajakda marketing tadqiqoti o‘tkazish yoki takroriy 
tadqiqot o‘tkazish uchun muayyan firma bilan hamkorlikni davom ettirish haqida 
qaroriga hisobot va taqdimot foydaliligini idrok qilish ta’sir ko‘rsatadi. 
Hisobot va taqdimot tayyorlash 


322 
Xisobot va taqdimot tayyorlashning borishi haqida gap ketganda, marketing 
tadqiqotining muammosi, muammoga yondashuv, tadqiqot va dala ishlari rejasi 
nuqtai nazaridan ma’lumotlarni tahlil qilish natijalarini sharhlashdan boshlanadi. 
Ma’lumotlarni statistik qayta ishlash natijalarini qisqacha bayon qilish o‘rniga 
marketolog o‘z xulosalarini shunday taqdim etishi kerakki, ulardan qaror qabul qilish 
uchun bevosita asos sifatida foydalanish mumkin bo‘lishi lozim. Marketolog albatta 
xulosalar chiqarishi va amaliy tavsiyalar berishi lozim. Hisobot yozishdan oldin 
tadqiqotchi olingan asosiy ma’lumotlar, xulosalar va tavsiyalarni asosiy qaror qabul 
qiladigan shaxslar bilan muhokama qilishi lozim. Bu uchrashuvlar – hisobot 
mijozning talablariga javob berishi va yakuniy hisobda qabul qilinishining asosiy 
kafolatidir. Bunday muhokamalar davomida yozma hisobot va boshqa materiallar 
tuzish sanasini belgilash zarur. 
O‘tkazilgan marketing tadqiqotining natijasi alohida shaxslar uchun alohida 
yozma hisobot yoki bir nechta ma’ruzalar bo‘lishi kerak. Odatda yozma ma’ruza 
og‘zaki taqdimot bilan birga keladi. 
Hisobot va taqdimot taqdim etilgandan so‘ng, mijozlar bilan mijoz o‘rtasidagi 
hamkorlik tugamaydi. Tadqiqotchi mijozga hisobotni tushunishga yordam berishi, 
olingan natijalarni amalga oshirish, keyingi tadqiqotlar o‘tkazish va tadqiqot 
jarayonini retrospektivada baholashda ko‘maklashishi lozim. Hisobot va taqdimot 
tayyorlashga jalb qilingan tadqiqotchining roli quyidagi misolda ko‘rsatilgan. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling