Tadqiqotlari
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Korrelyatsiya va regressiya usullari qanday usullap qatoriga kiradi? 2. Korrelyatsion indeksi qanday bog‘lanishda yotadi? 3. Korrelyatsion tahlil natijalari qanday jarayonlarning bog‘liqligini anglatadi? 4. Klasterli tahlil nima? 5. Klasterli tahlil yordamida qanday natijalarga erishi mumkin? 6. "Genetik algoritmlar" nomi nima bilan bog‘langan va uning marketing tadqiqotlari jarayonidagi ahamiyati nimada? 7. Korrelyatsion tahlilning bosqichlarini sanab o‘ting. 8. Juft korrelyatsiya nima va u qanday ko‘rsatkich o‘rtasidagi aloqani o‘rnatadi? 9. Iste’molchilarning tovarlar sifatini qabul qilishi ularning narxni qabul qilishi bilan bog‘liqmi? 10. Agar talabning reklama xarajatlariga bog‘liqligini oladigan bo‘lsak, narx omilining ta’siri 319 15-BOB. MARKETING TADQIQOTLARINING NATIJALARI TO‘G‘RISIDA HISOBOTLAR TAYYORLASH VA UNING TAQDIMOTI 15.1. Natijalarni taqdim etish Ushbu bob materiallarini o‘rganib chiqqach, siz quyidagilarni bilib olishingiz lozim. 1. Hisobot tayyorlashga asosiy talablar, jumladan, uning shakli, yozishning borishi, grafiklar va jadvallar. 2. Og‘zaki taqdimot strukturasi va ko‘lamini muhokama qilish. 3. Mijozning marketing tadqiqotlari haqida hisobotga talablarini, shuningdek, hisobotni o‘qish bo‘yicha tavsiyalarni bayon qilish. 4. Xalqaro marketing tadqiqoti hisoboti va taqdimotini tayyorlash jarayonlarini tushunish. 5. Hisobot va taqdimot tayyorlashda Internet va kompyuterlarning rolini tushtirib berish. Marketing tadqiqotlari o‘tkazishga buyurtma bergan firmaning marketing bo‘yicha vitse-prezidenti natijalar haqida hisobot oldi. Xo‘sh, u nimalardan iborat? 1- jildga kiradigan hisobotning asosiy qismi titul varag‘i, jadval ko‘rinishidagi mundarija, rahbariyat uchun annotatsiya, muammoning batafsil tavsifi, muammoga yondashuv, tadqiqot rejasi, ma’lumotlarni tahlil qilish uchun foydalaniladigan metodologiya, natijalar, loyiha cheklovlari, shuningdek, xulosa va tavsiyalardan iboratdir. 2-jild titul varag‘i, raqamli ma’lumotlar ro‘yxati, barcha raqamli ma’lumotlar va grafiklardan (diagrammalardan) iborat. Va nihoyat, barcha statistik detallar, jumladan, jadvallar 3-jildda keltirilgan. Hisobot yozish uslubiga marketing bo‘yicha vitse-prezident va boshqa asosiy rahbarlarning qaysi uslubni afzal ko‘rishi ta’sir qildi. 1-jildda texnik detallar yo‘q ekanligi sababli u oson o‘qiladi yozma hisobotga qo‘shimcha ravishda butun loyihaning og‘zaki taqdimoti ham tayyorlanadi. Bu hisobotdagi menejment uchun ayrim tavsiyalar hayotga tatbiq etilgan. Misol. Aviakompaniya uchun hisobot. Marketing tadqiqotining vazifasi – rahbariyatning axborotga ehtiyojini baholash, bunday axborot taqdim etish va 320 rahbariyatga to‘g‘ri qaror qabul qilishda yordam berishdir. Shtab-kvartirasi Chikago shahrida joylashgan United Airlines aviakompaniyasi rahbariyati uning reyslarida uchadigan mijozlarning qoniqqanligini tadqiq etish davomida buni chuqur anglab yetdish. Har oy 900 ta aviareysning 192 ming yo‘lovchisiga to‘rt varaqdan iborat so‘rovnomadan savollar beriladi. Marketologlarni «er usti xizmatlari»dan foydalanish (aviachiptalarni bron qildirish, aeroportda xizmat ko‘rsatish) ham, «parvoz davomidgai servis» dan ham (styuardessalar e’tibori, samolet bortida ovqatlanish, samoletdagi qulayliklar) qoniqqanlik darajasi qiziqtiradi. Yo‘lovchilar anketani smoletga chiqqan paytida oladi va ularda savollarga parvoz davomida javob berish uchun vaqt bo‘ladi. United Airlines kompaniyasining marketing tadqiqotlari bo‘limi har oy yo‘lovchilarning servisdan qoniqqanlik darajasini oylik tadqiq etishga yakun yasaydigan hisobot chop etadi. Hisobot shuningdek, Internet dagi saytda ham joylashtiriladi, shu sababli United kompaniyasi menejerlari uchun dunyoning istalgan nuqtasidan ochiq bo‘ladi. Tanlama to‘plam miqdori (1994 yil bilan taqqoslaganda uch baravar katta) kompaniyaning barcha bo‘linmalari foydalanadigan ma’lumotlar reprezentativligini asoslab beradi: ➢ marketing bo‘limi strategik rejalashtirish, joylashtirish va maqsadli guruhlar borasida qarorlar qabul qilish uchun; ➢ moliya bo‘limi investitsiya sifatida kiritilgan mablag‘lardan olinadigan samarani aniqlash uchun; ➢ aeroport xizmatlari bo‘limi yer usti servisi, jumladan, ro‘yxatdan o‘tkazish tezligi va samaradorligini baholash uchun; ➢ oliy rahbariyat United Airlines kompaniyasining ichki va tashqi maqsadlarga erishishda raqobatchilarga nisbatan samaradorligini baholash uchun. Yo‘lovchilarning qoniqqanlik darajasi keng miqyosli marketing tadqiqoti United Airlines barcha bo‘linmalari xodimlarini iste’molchilarning ehtiyojlariga yo‘naltiradi. Bu kompaniyaga barcha raqobatchilar aynan o‘xshash aviareyslar ro‘yxatlariga ega bo‘lgan, bir xil xizmatlar taqdim etadigan va bu xizmatlarga bir xil 321 tariflar belgilaydigan sharoitlarda o‘z xizmatlarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. Masalan, marketing tadqiqoti natijalariga asoslangan holda United Airlines kompaniyasi parvoz vaqtida ovqatlanish yo‘lovchilarning qoniqqanlik darajasi muhim tarkibiy qismlaridan biri ekanligini aniqladi va bu servis sifatini yaxshiladi. Shuningdek, United Airlines oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha ayrim mashhur kompaniyalar, masalan, naprimer s Starbucks coffai Godiva Chocolates bilan hamkorlik o‘rnatdi. Univermag bilan bog‘liq misol marketing tadqiqotlari natijalari haqida hisobotning asosiy qismi strukturasi marketing tadqiqotlari jarayoni bosqichlariga qay darajada mos kelishini ko‘rsatadi. United Airlines kompaniyasi bilan bog‘liq misol o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari haqida muntazam hisobot taqdim etish muhimligini ko‘rsatadi. Download 6.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling