Tadqiqotlari


-rasm. Marketing tadqiqoti vazifalari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
1.3-rasm. Marketing tadqiqoti vazifalari
1
 
Marketing tadqiqoti o‘z oldiga yechilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘plamini 
qo‘yadi. Marketing tadqiqoti vazifalari ro‘yxati, doimiy o‘zgarib turadigan vaziyatni, 
turli omillar to‘plamining ta’siri, turli firmalar salohiyatini hisobga olib, firmaning 
marketing xizmati oldiga qo‘yiladigan muayyan tadqiqot vazifalari rang-barangligiga 
olib keladi. 
Tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlarini ajratib orqali, marketing tadqiqotlari 
oldida quyidagi vazifalarni qo‘yadi:
 
- axborot to‘plash, qayta ishlash, umumlashtirish va saqlash; 
- marketing makromuhiti omillari va global kuchlarning firma faoliyati va 
uning natijalariga ta’sirini tahlil qilish; 
-bozor kon’yunkturasini baholash va tahlil qilish, bozor sig‘imini hisob-kitob 
qilish, talabni tavsiflash va bashorat qilish, uning moslashuvchanligini tahlil qilish; 
1
Qosimova M.S., Abduhalilova L.T. Marketing tadqiqotlari. O’quv qo’llanma. - T.: TDIU, 2012. - 189 b. 
Marketing tadqiqotlarining vazifalari 
Bozor konyunkturasi tavsifi
Bozor xususiyatlari va dinamikasi tahlili
Bozor subyektlarining faoliyati va 
imkoniyatlari tahlili
Bozor istiqboli rivojlanishi aniqlash
bozor dinamikasi qonuniyatlarini aniqlash
Faoliyatning uslubiy taʼminoti
Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash
Tahlil uchun maʼlumotlarni toʻplash
Tadqiqot oʻtkazish uchun uslubni 
tanlash


26 
- firmaning o‘z imkoniyatlarini, uning salohiyati va raqobatbardoshligini 
baholash; 
- raqobatchilarning xulq-atvori va imkoniyatlarini baholash; 
- marketing makromuhiti ta’sirini tahlil qilish; 
- sotuv bozorini, firma egallab turgan ulushni tahlil qilish, sotuv bozorini 
hududiy tahlil qilish; 
- tovar sifati va uning raqobatbardoshligini sinovdan o‘tkazish va 
sertifikatsiyalash, iste’molchilarning yangi yoki modifikatsiyalangan tovarga 
reaksiyasini o‘rganish; 
- tovar nomenklaturasi va assortimentini, ular strukturasidagi o‘zgarishlarni 
o‘rganish; 
- bozor segmentatsiyasining axborot-tahliliy asoslanishi (iste’molchilarni 
guruhlash va strukturalash); 
- tovar ishlab chiqishning axborot-tahliliy ta’minoti va uning hayotiylik davrini 
tartibga solish; 
- marketing strategiyasini ishlab chiqishning axborot-tahliliy ta’minoti; 
- strategik va tezkor marketing rejalashtirishni ta’minlashning axborot-tahliliy 
ta’minoti; 
- kontrolling axborot-tahliliy ta’minoti; 
- narx shakllanishi va narxlarni tartibga solishning axborot-tahliliy ta’minoti; 
- tovaraylanmasi, tovar zahiralari, muomala xarajatlari va foydani hisobga olish 
va tahlil qilish; 
- marketing tadqiqoti va marketing samaradorligini tavsiflash, firmaning 
ekologik muammolarni hal qilishga hissasini baholash. 
Undan tashqari yuqorida ta’kidlanganidek, marketing tadqiqotlarining asosiy 
maqsadi, uning vujudga kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, 
zarurati bilan belgilandi, hamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab 
masalalarni xal qilishga qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga 
moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan xolda, uni tashkil etgan 


27 
korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing 
quyidagi muhim vazifalarni xal etmogi lozim: 
➢ xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o‘rganish;  
➢ tovarlarga bo‘lgan ichki va tashqi talablarni o‘rganish; 
➢ korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 
➢ talab va taklif to‘g‘risidagi olingan ma’lumotl
ar asosida bozorni o‘rganish; 
➢ tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga 
qiziqishini oshirish; 
➢ tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish 
uchun ma’lumotlar tuplash va tahlil qilish; 
➢ tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar 
olish; 
➢ to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborotlar 
yig‘ish; 
➢ tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat 
qilishdan iboratdir.
Shuningdek, marketing tadqiqotlari maqsadga erishishda, marketing xizmatlari 
va korxona rahbariyati uchun ularning buyurtmalari bo‘yicha bajariladigan baholash 
va bashorat hisob-kitoblarni ham inobatga olish zarur.
Bozorni tadqiq etish - marketing tadqiqotlarining ma’lum bir qismidir, xolos. 
Faqatgina shartli ravishdagina ularni marketing tadqiqotlarining asosi deb qabul 
qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida mahsulotlarning sotish mumkin 
bo‘lgan miqdori, tovarlar xarakteristikasi, iste’molchilar guruhi, korxona 
raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni, reklamani tashkil qilish va xaridorlar istagi 
aniqlanadi. 
Bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlar miqdori katta va turli xarakterga ega. 
Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining mutaxassislari 
qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha qimmatga tushadi, lekin firmalar bozorni iloji 
boricha tezroq o‘zlashtirish maqsadida xarajatlardan qochmaydilar, chunki 
raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bo‘lishini oldini olish uchun qarshi 


28 
choralar ko‘radilar. Shuning uchun tadqiqotlar jarayoni, ayniqsa, uning natijalari 
olinganidan keyin va firma ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun qabul 
qilingandan so‘ng tovarni sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning 
asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali o‘rnini aniqlovchi o‘ziga xos omillarni 
o‘rganishdir.
Qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish yuzaga kelgan vaziyat sabablarini 
aniqlash va tushuntirib berish bo‘yicha harakatlar keng doirasini hal qilish, 
shuningdek, firmaning raqobat ustunliklarini 
ta’minlashga yo‘naltirilgan muayyan chora-tadbirlar taklif qilishga imkon beradi. 
Bozorni marketing nuqtai nazaridan o‘rganish o‘z oldiga kompaniyalar, firma 
(korxona) tovarlarini samarali sotish imkonini, uning kengayish uchun yangi 
segmentlar, sifatini yaxshilash, zahiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar 
talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo‘yadi. Bu maqsadni amalga 
oshirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing 
nuqtai nazaridan tadqiq qilishning vazifasi, ishlab chiqarish va unda chiqadigan 
tovarlarning bozor va iste’molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. Bu 
narsa firmaning yuqori rentabelli, raqobatga bardoshli faoliyati asosida amalga 
oshirish kerak. 
Korxonalar tomonidan marketing tadqiqotlarini amalga oshirish jarayonida 
qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirish yuzaga kelgan vaziyat sabablarini aniqlash va 
tushuntirib berish bo‘yicha harakatlar keng doirasini hal qilish, shuningdek, 
firmaning raqobat ustunliklarini ta’minlashga yo‘naltirilgan muayyan chora-tadbirlar 
taklif qilishga imkon beradi. Quyidagi rasmda marketing tadqiqotlarining oldiga 
qo‘yiladigan va o‘z yechimini topa oladigan vazifalarni ko‘rishimiz mumkin (1.4- 
rasm). 
Korxonalarda marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga 
kelish, shakllanish va rivojlanishning ob’ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi, 
hamda uning maqsadi nixoyatda keng va murakkab masalalarni xal qilishga 
qaratilgandir. U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni 
muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda 


29 
keltirishdir. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling