Uslub (ingl. Method) – bu ishlash, boshqarishdagi o‘ziga xos yul, usul
ma’nosini anglatadi.
Faktoring (ingl. Factoring) – moliyaviy agent tomonidan mijozga boshqa
qarzdor odamdan (korxonadan) qarzini undirib berish haqidagi shartnoma.
Firmaning marketing muhiti - firmadan tashkarida faoliyat ko‘rsatuvchi
hamda marketing xizmati ragbariyatining maqsadli mijozlar (xamkorlar) bilan
muvaffakiyatli xamkorlik munosabatlari urnatish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatish
mumkin bo‘lgan kuchlar va faol sub’ektlar majmui. Marketing tizimi makro va
mikromuhitdan tarkib topadi.
Frustratsiya (ingl. Frustration - aldash) – inson maqsadiga erisholmay,
ehtiyojini qondirolmay qolgandagi uning psixologik holati.
Xaridorlar xatti-harakati (ingl. Buyer behavior) – tashqi muhitning asosiy
omili, ularning individual fazilatlari.
Xorijiy bozor imkoniyatlarining tahlili (ingl. Foreign market opportunity
analysis) – xorijiy bozorda marketing tadbirlarini o‘tkazishga yordam beruvchi
axborotlarni to‘plash.
O‘rov (upakovka) - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material.
Tovar ishlab chiqarilgandan sung uning xususiyatlarini saklash hamda yukni
tashishda kulaylik yaratish uchun muljallanadi; 2) muxim reklama manbai.
Elektron tijorat - elektron aloqa vositalari yordamida tovar va xizmatlarni
sotish, reklama va marketing tizimi.
Eliminatsiya - mavjud mahsulotlarni korxonaning ishlab chiqarish dasturidan
chiqarib
tashlash;
tovar
ishlab
chiqarishni
tuxtatish;
tovarni
bozordan
raqobatbardoshligi va talabni yukotganligi sababli olib chiqish. Mahsulotni
eliminatsiya qilish zarurligini tekshirish uchun savdo xajmi, bozordagi ulushi,
xayotiylik davridagi o‘rni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital
aylanishi va boshqa ko‘rsatkichlar kullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |