Tovar strategiyalari - 1) tovar siyosatining korxonaga tovar xayotiylik
davrining istalgan boskichida foyda olish va savdo xajmining barqaror bo‘lishini
ta’minlashi mumkin bo‘lgan asosiy prinsipial yo‘nalishlari. Tovar strategiyasining
asosiy turlari: tovar yoki xizmatlar innovatsiyasi, variatsiyasi, eliminatsiyasi; 2) tovar
nomenklaturasini optimallashtirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda firmaning
samarali faoliyat ko‘rsatishi va raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sharoitlar
yaratuvchi tovarlar assortimentini aniqlash.
Tovarni bozorda joylashtirish - tovarlarning bozordagi raqobatbardoshligini
ta’minlash va mos keluvchi marketing majmuasini ishlab chiqish uchun amalga
oshiriluvchi xarakatlar.
Tovarning raqobatbardoshligi - 1) aniq ehtiyojni qondirishda bozordagi
raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi tovarning sifat va narx
tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar bozorida birinchi bo‘lib xarid
qilish qobiliyati; 3) tovarni iste’mol qilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish
va ekspluatatsiya qilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4)
korxonaning milliy va jaxon tovar bozorlariga chiqishi maqsadga muvofikligining
muxim ko‘rsatkichi.
Tovarning hayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab chiqishdan to
bozorga olib kirishgacha bo‘lgan asosiy boskichlarini aks ettiruvchi ma’lum bir vaqt
davri (sikli); sotuvchining xar bir boskichda oluvchi foyda miqdori unga bog‘liq
bo‘ladi. Tovarni sotish va foyda olish jarayonida besh boskich ajratib ko‘rsatiladi:
tovarni ishlab chiqish (bozorgacha) boskichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish)
boskichi, tovarni sotish xajmining usish boskichi, yetuklik (tuyinganlik) boskichi,
tovarning susayish boskichi yoki tovar eliminatsiyasi.
Unitar korxona (ingl. Unitary enterprise) – tijorat tashkiloti ko‘rinishidagi,
davlat yoki mahalliy boshqaruv idorali korxonasi.
350
Do'stlaringiz bilan baham: |