38
Shuning uchun marketing tadqiqotlarining asosiy
qoidalari shundan iboratki,
har bir tadqiqot usuli yoki axborot to‘plash, muammoni yechish jarayoni ketma-
ketlikni, ya’ni algoritm tizimini ifoda etadi.Ushbu to‘g‘ri
tuzilgan tizim orqali
marketing tadqiqotlari qoidalariga rioya qilingan hodagina to‘g‘ri yechimga ega
bo‘lamiz. Bu esa korxonaning bozordagi muvaffaqiyatini belgilaydi.
1.5. Marketing tadqiqotlariining metodologik asoslari
Marketing tadqiqotlari ilmiy bilish umumiy
jarayonining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Marketing tadqiqotida o‘z metodologiyasi, ya’ni
marketing jarayonlari
va hodisalarini o‘rganishning usullari va qoidalari yig‘indisi vujudga kelgan.
Metodologiya marketingda axborot to‘plash, ishlab chiqish,
tahlil qilish va bashorat
qilishning ilmiy asoslangan tartibini belgilab beradi. Marketing tadqiqoti uslubiyati
asosida
muayyan uslubiyatlar, ya’ni marketing hodisalari va jarayonlarini baholash,
o‘rganish, modellashtirish va bashorat qilish usullari yig‘indisi shakllanadi.
Marketing tadqiqoti metodologiyasining umumilmiy asoslari quyidagilarni o‘z
ichiga oladi: bozor vaziyatini keng doiral sabab-oqibat aloqalariga tadqiqotlar
uchun
ob’ekt sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradigan tizimli tahlil;
bozorni tashkil
qiluvchi xilma-xil elementlar yig‘indisini ham, bozor faoliyatini ham tadqiq etish
imkoniyatini ta’minlaydigan
kompleksli yondashuv; bozor holati va rivojlanishini
strategik va tezkor o‘rganishni ishlab chiqish va amalga
oshirishda foydalaniladigan
dasturiy-maqsadli rejalashtirish.