Tadqiqotlari
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Download 6.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2– BOB. MARKETING TADQIQOTLARINI TASHKIL ETISH 2.1. Marketing tadqiqotlarining ikki yo‘nalishi
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Marketing tadqiqotiga bo‘lgan zarurat qanday omillar ta’sirida vujudga keldi? 2. Marketingning asosiy vazifa va maqsadlari nimalardan iborat? 3. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati nimalardan iborat? 4. Ishlab chiqarishni yaxshilash va sifatli mahsulotlar olish uchun marketingning qanday elementlaridan foydalanish kerak? 5. Marketing komplesini ishlab chiqishda korxonalarda qaysi elementidan ko‘proq foydalaniladi? 6. Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing tadqiqotlarini to‘g‘ri olib borish uchun ketma-ketlik algoritmini tuzib bering. 7. Nima uchun axborot tizimi marketing tadqiqotlarida asosiy omil hisoblanadi? 8. Marketing tadqiqotlarining asosiy tamoyillari nimalardan iborat? 9. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda qanday omillarni inobatga olish lozim? 10. Marketing tadqiqotlari metodologisining ketma-ketlik darajasini aytib bering. 42 2– BOB. MARKETING TADQIQOTLARINI TASHKIL ETISH 2.1. Marketing tadqiqotlarining ikki yo‘nalishi Marketing tadqiqotlarida turli xil hisob-kitoblar keng qo‘llanadi, rivojlanish proporsiya va tendensiyalarini o‘lchash, miqdoriy qonuniyatlar va o‘zaro aloqalarni aniqlashga imkon beradigan statistik formulalar foydalaniladi. Shu bilan bir paytda miqdoriy tavsifnomalardan foydalanish, taxminiy baholash va dalillarni qayd etishga ehtiyoj mavjud. Marketing tadqiqotlariinng ikki xil maktabi (ikkita asosiy yo‘nalish) ma’lum: bir tomondan, tadqiqot va uning natijalarini rasmiylashtirish, ya’ni miqdoriy baholardan foydalanish, statistik va ekonometrik modellar va hokazolardan foydalanish tarafdorlarining, boshqa tomondan esa, norasmiy tahlil, miqdoriy baholash, grafik modellar tarafdorlarining maktablaridir. Bu yo‘nalishlarning har biri o‘z ustunlik va kamchiliklari mavjud. Xususan, rasmiylashtirish aniq va ishonchli baholar beradi, ko‘plab omillarni hisobga olishni ta’minlaydi, istiqbolga rivojlanishni bashorat qilishga imkon beradi, biroq ma’lum bir bilimlarni, kompyuter texnologiyasidan va maxsus amaliy dasturlardan foydalanishni talab qiladigan sermehnat tadqiqotchilik jarayonini ko‘zda tutadi, statistik axborot to‘plashga ehtiyoj sezadi. Rasmiy usullardan foydalanish ko‘rsatkichlarni aniq rasmiylashtirishni, natijalarni talqin qilishda ikkiyoqlama sharhlashni taqiqlashni talab qiladi. Tahlilni rasmiylashtirish bir xil natija berishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlarni ko‘p marta takror ishlab chiqarish imkoniyatini ta’minlashi lozim. Marketing tadqiqotini rasmiylashtirish – matematik apparatdan: miqdoriy tavsiflar, baholar va hisob-kitoblar, statistik va iqtisodiy modellash tirish va bashorat qilish usullaridan foydalanish. Norasmiy yondashuv qator afzalliklarga ega, u tezkor, ko‘p hollarda ishonchli baholar beradi, matematik apparatdan foydalanishga muhtojlik sezmaydi, biroq u yetarli darajada yuqori aniqlikka ega emas, doim ham ob’ektiv emas, xodimlardan 43 katta tajriba va yuqori malaka talab qiladi. O‘ylaymizki, bu yo‘nalishlarni muayyan vaziyat va maqsadlardan kelib chiqib uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq. Marketing tadqiqotida norasmiy usullar – sifat baholari va tavsiflardan, grafikli modellashtirishning taxminiy tavsiflaridan foydalanish. Muayyan marketing tadqiqotlarida ko‘pincha tadqiqot jarayonining rasmiylik darajasi yuqoriligi (matematik apparatdan, statistik modellashtirish usullari va h.k.dan foydalanish) o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning norasmiy, tasviriy tavsifi, sifat baholari, ya’ni o‘ziga xos bozor diagnostikasi bilan birlashtiriladi. Marketing tadqiqotlari metodologiyasi bu ikki yo‘nalishni muvaffaqiyatli birlashtirish va bir- birini boyitish, to‘ldirishga imkon beradi. Marketing tadqiqotlari strukturasi va tipologiyasi. Uslubiy asoslarni ishlab chiqish marketing tadqiqotining eng mas’uliyatli jihati sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Marketing tadqiqoti belgilangan strukturaga ega bo‘lib, ma’lum bir ketma- ketlikda yoyiladi. Marketing tadqiqoti strukturasi tadqiqot konsepsiyasini ilgari surish va xulosalar chiqarishdan boshlab bozorni o‘rganish va modellashtirishning beshta elementi yoki beshta bosqichini ajratishga imkon beradi. Marketing tadqiqoti umumiy konsepsiyani ishlab chiqishdan (lat. conception – asosiy g‘oya) boshlanadi, so‘ngra muayyan uslubiyatlar ishlab chiqishni qamrab oladi (tadqiqot maqsadlariga muvofiq). Marketing tadqiqoti konsepsiyasi bozor jarayonlari va hodisalari qonuniyatlarini aniqlash, bozorning har tomonlama va to‘liq tavsifnomasini olish g‘oyasini ifodalaydi. Marketing tadqiqoti konsepsiyasi – bozor holati va rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalari xaqida mukammal bilim olish asosiy g‘oyasi. Xuddi shu bosqichda tadqiqotning u yoki bu variantlarini asoslab beradigan g‘oyalar qatori ilgari suriladi. Ilgari surilgan g‘oya asosida muayyan marketing tadqiqotining algoritmlari ishlab chiqiladi. Bu, o‘z navbatida, belgilangan imkoniyatlar va voqeliklarni hisobga olgan holda yechiladigan muayyan vazifalar qo‘yishni ta’minlashga imkon beradi. Marketing tadqiqotida algoritmlash hisob-kitob jarayoni mazmunining rasmiy yozuvlarini, uning strukturasi va bosqichlari ketma- ketligni ko‘zda tutadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling