Tadqiqotlari


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

 
TADQIQOTChILIK 
MAHSULOTINI 
SOTIShNING 
UCh ShAKLI 
TAYYOR TADQIQOTChILIK 
MAHSULOTINI SOTISh 
TADQIQOTGA 
BUYURTMANI BAJARISh 
TADQIQOTCHILIK 
MAHSULOTI 
ELЕMЕNTLARINI BIR 
MARTA SOTISh 


54 
➢ doimo bozor vaziyatidan xabardor bo‘lishi; 
➢ axborot to‘play olishi va u bilan ishlash usullarini bilishi; 
➢ kompyuterda amaliy dasturlar paketlari bilan ishlay olishi; 
➢ statistika, ekonometrika, sotsiometriya va kvalimetriya asoslarini bilishi; 
➢ ma’lumotlarni tahlil qilish davomida olingan xulosalar chiqara olishi va 
asosli tavsiyalar tuza olishi. 
Marketing tadqiqoti natijasi, uning mahsuli qoidaga ko‘ra oldi-sotdi uchun 
mo‘ljallanadi. Bu esa shuni anglatadiki, tadqiqotchilik jarayonini ifodalaydigan 
mazkur intellektual mulk tovarning barcha belgilariga ega hisoblanadi. U sotiladi va 
sotib olinadi (to‘laligicha va ayrim qismlari). Demak, marketing tadqiqoti unga talab 
va taklif kabi toifalar xos bo‘lgan intellektual tovar hisoblanadi. Marketing tadqiqoti, 
har qanday tovar kabi o‘z narxiga ega bo‘ladi. Oxirgi yillarda bu intellektual tovarga 
talab yil sayin o‘sib bormoqda.
Marketing tadqiqoti – intellektual tovar sifatida. Marketing firmalari tijorat 
asosida o‘z mijozlari uchun keng doiradagi ishlarni bajaradi. Masalan, xususiy 
korporatsiya yoki davlat muassasasining buyurtmasi bo‘yicha, ba’zida o‘z tashabbusi 
bilan marketing firmasi quyidagilarni amalga oshiradi: 
➢ marketing strategiyasini ishlab chiqish; 
➢ tovarlarni joylashtirish va ish faolligini tahlil qilish; 
➢ bozor sig‘imini baholash va bashorat qilish; 
➢ bozor segmentlari va ularning jalb etuvchanligini tahlil qilish; 
➢ bozorni va uning yangilik darajasini sinab ko‘rish; 
➢ muayyan bozorda vaziyatni baholash; 
➢ reklama samaradorligini tahlil qilish; 
➢ kontrolling; 
➢ maqsadli bozorni tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish va boshqa ko‘plab 
marketing operatsiyalarini bajarish. 
Ixtisoslashgan marketing kompaniyalarida tadqiqotchilik faoliyati natijalarini 
sotishning uch xil turi ajratib ko‘rsatiladi: 


55 
➢ mustaqil ishlaydigan va ularning axborot mahsulotidan foydalanuvchilarga 
bog‘liq bo‘lmagan firmalar; bozor xaqida, iste’molchilar, tovarlar, ishlab chiqarish va 
savdo korxonalari xaqida ma’lumotlarni ularning o‘zi to‘playdi va bu ma’lumotlarni 
istalgan mijozga tijoratnarxlarida sotadi; 
➢ muayyan tadqiqotlar bajaruvchi yoki mijozlar buyurtmasi bo‘yicha tadqiqot 
metodologiyasini ishlab chiquvchi firmalar (mijoz to‘plangan materiallarni ishlab 
chiqishda qatnashishi mumkin, tadqiqot natijalari buyurtmasining mulkiga aylanadi); 
➢ tadqiqotning ma’lum bir qismini bajaradigan, masalan, mijozlarning 
topshirig‘i bilan bir maralik sinov marketingi yoki bir martalik so‘rovlar o‘tkazuvchi 
tor ixtioslashgan firmalar 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling