Tadqiqotlari


Marketing axborot-tahliliy bo‘linmasi – marketing xizmati tarkibidagi


Download 6.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/240
Sana08.07.2023
Hajmi6.42 Mb.
#1659218
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   240
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627

Marketing axborot-tahliliy bo‘linmasi – marketing xizmati tarkibidagi 
zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida marketing axboroti to‘plash, 
qayta ishlash va tahlil qilish borasida bilim va tajribaga ega bo‘lgan 
mutaxassislar guruhidir. 
MARKЕTING TADQIQOTLARI 
XIZMATLARI STRUKTURASI 
 
QATTIQ (MЕXANIK) 
 
YUMSHOq (ORGANIKZMIK) 
 


50 
Biroq, ko‘pchilik holatlarda yuqori malakali mutaxassislar, maxsus hisoblash 
texnikasi, keng miqyosli so‘rovlar o‘tkazishni talab qiladigan yirik tadqiqot o‘tkazish 
hatto yirik korxonalarga ham og‘irlik qiladi. Murakkab marketing tadqiqotlarini 
tijorat asosida ishlayotgan maxsus marketing yoki konsalting firmalari yordamida 
amalga oshirish maqsadga muvofiq (ba’zida ayrim firmalar mustaqil ravishda yoki 
o‘rindoshlik asosida reklama faoliyati bilan shug‘ullanadi). Bundan tashqari
marketing tadqiqotlari o‘tkazishga ilmiy muassasalarni, shuningdek, o‘rta-maxsus va 
oliy o‘quv yurtlarini jalb qilish mumkin. Marketing tadqiqotlari bilan, shuningdek, 
ayrim davlat va jamoat tashkilotlari ham shug‘ullanadi. Bundan tashqari, firmalar 
uchun zarur bo‘lgan bozor xaqida mikro va makro axborotni ayrim davlat 
organlaridan va xususiy kompaniyalardan sotib olish mumkin. 
Marketing tadqiqoti funksiyalarini ixtisoslashgan firmalarga berishning 
afzalligi quyidagilardan iborat: 
➢ birinchidan, axborot to‘plash, ekonometrik va statistik tahlil usullariga ega 
bo‘lgan ko‘p sonli mutaxassislar jamoasini shakllantirish, ularni zarur asbob-
uskunalar, jumladan, murakkab kompyuter texnikasi bilan ta’minlash zarurati; 
➢ ikkinchidan, ixtisoslashgan firmalar marketing muayyan sohasida 
tadqiqotchilik faoliyati tajribasiga, zarur aloqalarga ega; 
➢ uchinchidan, ko‘plab bunday firmalar maxsus tanlanma tadqiqotlar o‘tkazish 
uchun panellarga, shuningdek, mutaxassis-intervyuyerlar, bank dasturlari (modellari) 
va hokazolarga ega bo‘ladi. 

Download 6.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling