46
hodisa-jarayonlarni sifat yoki son jihatidan o‘xshatish hisoblanadi.
Model grafik
shaklida, tengliklar va tengsizliklar matematik yoki statistik tizimi ko‘rinishida,
shuningdek, tavsifiy shaklda aks ettirilishi mumkin. Marketing tadqiqoti modeli
quyidagi savollarga javob beradigan tadqiqotning uch pog‘onasini o‘z ichiga oladi:
➢ birinchi pog‘onada – nima o‘rganiladi, tadqiqot
qanday talablarga javob
beradi, nimaga o‘rganiladi va kim o‘rganadi;
➢ ikkinchi pog‘onada – tadqiqot qanday vazifalarni hal etadi, qaysi usullardan
foydalaniladi;
➢ uchinchi pog‘onada – qanday xulosalar olinishi mumkin.
Ushbu savollardan kelib chiqib, marketing tadqiqotlari tipologiyasina murojaat
qilinadi (2.1 – rasm).
Modellar tizimida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy ob’ekt, jarayon yoki hodisani
tavsiflaydigan matematik munosabatlar tizimini ifodalaydigan
bozor faoliyatining
statistik va ekonometrik modellari muhim o‘rin egallaydi. Marketing tadqiqotlarida
o‘rganilayotan ob’ektning faoliyat ko‘rsatish jarayonlarini takror ishlab chiqaradigan
o‘hshatish modellari ancha keng qo‘llanadi.
Shuningdek, chiziqli dasturlash
modellari, xususan, transport vazifalarini hal qilishda foydalaniladi.
MARKETING
TADQIQOTLARI
METODOLOGIYASI
RAZVEDKA
(qidiruv)
EKSPERIMENTAL
TAVSIFIY
(deskreptiv)
TAHLILIY
(kazual)
2.1-rasm. Marketing tadqiqotlari tipologiyasi
47
Shuningdek, marketing tadqiqotlarida keg qo‘llaniladigan savollar mavjud.
Ushbu savollar tadqiqot o‘tkazishda jarayonlar ketma – ketligi aniqlanadi (2.2 –
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: