Oʻzbekiston FAning 122 aʼzosi bor (2005). Akademiya muassasalarida 5259 ilmiy xodim, jumladan, 360 fan d-ri va 860 fan nomzodi ishlaydi. - Oʻzbekiston FAning 122 aʼzosi bor (2005). Akademiya muassasalarida 5259 ilmiy xodim, jumladan, 360 fan d-ri va 860 fan nomzodi ishlaydi.
FA da ilm-fan sohasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan olimlar uchun Al-Xorazmiy (1992-yil taʼsis etilgan), Zahiriddin Muhammad Bobur (1993), H.M. Abdullayev (1993) nomida medallar taʼsis etilgan. Akad. lar Hosil Fozilov, Yolqin Toʻraqulov, prof. Fattoh Abdullayev Al-Xorazmiy nomidagi, akad. Ubaydulla Karimov va tarixchi olim R.Sulaymonov Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi, akad.lar I.Hamroboyev, F.Usmonov va prof. NM.Kucherskiy H.M.Abdullayev nomidagi medalga sazovor boʻlishgan Hozirda O’zbekiston FA ning prezidenti Yuldashev Bexzod Sodiqovich (2017-y 10-yanvar) Fanlar akademiyasi vitse-prezidentlari Mirzayev Sirojiddin Zayniyevich, Ibragimov Baxtiyor To'laganovich va Abduhalimov Bahrom Abduraximovich
Bo’limlari :
- Fizika-matematika va texnika fanlari bo'limi;
- Kimyo-biologiya bo'limi;
- Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi;
- Tashkiliy-tahliliy bo'lim;
- Xalqaro aloqalar bo'limi;
- Kadrlar bo'limi;
- Umumiy bo'lim;
- Axborot xizmati;
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalar sektori;
- Ishlar boshqarmasi;
- Moliya-iqtisod bo'limi;
- Buxgalteriya;
- Ichki audit xizmati;
- Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limi;
- Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha maslahatchi;
- Xalqaro reytinglar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish bo‘limi;
- Yagona buyurtma xizmati;
- Yuridik xizmat;
- Birlashgan kasaba uyushmasi;
- Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bo'yicha;
E’tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |