Tadqiqotning maqsad va vazifalari
-jadval Tovar moddiy zaxiralarning baholanishi11
Download 136.41 Kb.
|
Документ Microsoft Word
2-jadval
Tovar moddiy zaxiralarning baholanishi11
Tovar-moddiy zaxiralarni sof realizasiya qiymati bo’yicha baholash. Tovar-moddiy zaxiralar shikastlanganda, qisman yoki butunlay eskirganda, komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv narxi pasaygan holatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o’z tannarxidan past bahoda realizasiya qiymatida baholanishi mumkin. Sof realizasiya qiymati - tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir. Tovar-moddiy zaxiralari sof realizasiya qiymatigacha quyidagi usullar asosida qisman hisobdan chiqariladi: moddalar bo’yicha usuli - bunda tovar-moddiy zaxiralarining har bir turi baholanadi; asosiy tovar guruhlarining usuli - bunda tovar-moddiy zaxiralarining guruhi baholanadi; v) zaxiralarning umumiy darajasi usuli - bunda hamma tovar-moddiy zaxiralari baholanadi. Tovar-moddiy zaxiralar xo’jalik sub'ektining o’zida tayyorlanganda ularning haqiqiy tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi qabul qilinadi, tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi Nizomga muvofiq aniqlanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning ular buxgalteriya hisobiga qabul qilingan haqiqiy tannarxi O’zbekiston Respublikasi Qonunchiligi va tegishli standartda belgilangan holatlardan tashqari, o’zgartirilmaydi. Tovar-moddiy zaxiralarning ular buxgalteriya hisobiga qabul qilingan haqiqiy tannarxi tovar-moddiy zaxiralarni qayta baholash natijasida o’zgartirilishi mumkin. Download 136.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling