Tafakkur buzilishi


Tafakkur va boshqa psixik jarayonlar


Download 261.5 Kb.
bet6/6
Sana07.02.2023
Hajmi261.5 Kb.
#1175730
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TAFAKKUR BUZILISHI 1111

2.2. Tafakkur va boshqa psixik jarayonlar

Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda voqe bo'lmaydi balki, aksincha, tafakkur idrok bilan, xotira bilan, xayol va nutq bilan diqqat,


his, iroda bilan. chambarchas bog'langandir. Tafakkur qanchalik murakkab bo'lsa, unda boshqa psixik jarayonlar shunchalik ko'p joy oladi.Ayrim psixik jarayonlarning tafakkurdagi ahamiyati, jumladan, qu­yidagilardan iboratdir.
Biz idrok qilayotgan voqelik, biz turgan vaziyat tafakkurning birinchi va doimiy mavzuidir. idrok qilish chog'ida turli savollar paydo bo'ladi, savollar esa tafakkur faoliyatini yanada davorn ettiradi. Bizning birinchi fikrlarimiz, birinchi muhokamalarimiz idrok qilinayotgan narsalar to'g'risidagi muhokamalardir. Ba'zan odam hatto abstrakt masalalariii hal qilish paytida ham narsalarni bevosita idrok qilisliga yoki shu narsalar to'g'risidagi tasavvurlariga murojaat qiladi va bunchy qilish ish uchun katta foyda keltiradi.Biroq, odainning tafakkuri faclat idrok doirasidagina sodir bo'lib qol­maydi. Odam o'zi idrok clilayotgan narsalar to'g'risida ham o'zidagi tajriba­ga tayanib, mavjud tasavvurlarga tayanib, fikr qiladi.
Shu sababli tafakkur jarayonlarida xotiraning faoliyati, jumladan, esga tushirish jarayoni katta o'rin oladi.Xotira tasavvurlari, shuningdek, ilgari o'zlashtirib olingan fikrlar va bilim­lar shunday materialdirki, tafakkur jarayonlari shu material yordamida voqe bo'ladi. Biz eslab qolgan va tasavvur qilgan voqelik, shuningdek, biz idrok qilayotgan voqelik tafakkurimizning mavzui ho'lib xizmat qiladi.
Turli tasavvur, fikrlarni esga tushirish va to'qnashtirishi jarayonida yangi savollar paydo bo'lach va tafakkurning yangi jarayoni tug'iladi.Qo'yilgan savollarga odatda xotiramizga murojaat qilib javob qidiramiz va shu javoblarni topamiz. O’z1ashtirib olingan qoidalar, usullar, sxemalar turli vazifalarni yechishda katta ahamiyatga ega va ayni vaqtda tafakkur jarayonlarida esga tushadi.Ilgari hosil bo’lgan muvaqqat bog'lanishlar — assotsiatsiyalar tafakkur jarayonlarida katta rol o’ynaydilar. Xotirada mustahkamlanib qolgan tajriba va bilimlar odam tafakkurining mazmunli va samarali bo'lishini hiyla darajada belgilaydilar. Tafakkur jarayonlarida xayol (fantaziya) katta o`rinni oladi. Tafakkur uchun kerakli aniq obrazli material xotiradan olinga­nidek, fantaziyadan ham olinadi. Bu xayol obrazlaridir. Masalan, kelajakka yaratilgan tafakkur jarayonlari xayol yaratib berayotgan obrazlarga tayanadi. Bizning ko'pgina tushunchalarimiz ham xayol yaratib bergan tasav­vurlarga tayanadi. Xayol faoliyati, masalan, umumlashtirish, taxmin qilish, faraz (gipoteza), abstraksiyalash singari fikrlash operatsiyalarida namoyon bo'ladi. Shu jarayonlarning hammasi xayolning ishtirokisiz ro'yobga chiqmagan bo'lur edi.
Xayol tafakkurning kengligiga va sermahsul bo'lishiga ta'sir qiladi, tafakkurga ijodiy va original tus beradi. Xayol qilish qobiliyati sust rivoj­langan kishilarda, tafakkur ularning o'zlarida bo'lgan tajriba va bilimlar orasida voqe bo'ladi. Bu tafakkur atrofdagi narsalarga qopishib qolganligi», ham mahsulligi, o'zining original bo'lmasligi va biron nimani ixtiro qilmasligi bilan farq qiladi, ko'piricha yuzaki va mayda-chuyda narsalar to'g'risida fikr yuritish bilan cheklanadi. Shu sababli, keng, kuchli va real fantaziyani rivojlantirish keng, mazmunli, original va ijodiy tafakkur­i rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir.
Ayrim kishilarning tafakkuri o'zining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi jihatidan, mustaqilligi, samaraliligi va tezligi jihatidan turli hol­larda turlicha namoyon bo’ladi. Bular tafakkurning sifatini tashkil qiluchi belgilardir.
Tafakkurning mazmundorligi, avvalo, u yoki bu narsalar yoki hodisa­lar to’g’risidagi, voqelikning u yoki bu sohalari to’g’risidagi muhokamalar va tushunchalar odamning ongida qanchalik o’rin olganligidan kelib chiqa­di. Odamda fikr nechog’li ko`p bo’lsa va bu fikrlar nechog’li xilma-xil bo'lsa, uning tafakkuri shu qadar mazmunli bo'ladi, uning aqli shu qadar boy bo'ladi. Lekin tafakkurning mazmundorligi mavjud fikrlarning miq­dori bilangina belgilanmaydi, tafakkurning mazmundorligi shu fikrlarda nimalar aks ettirilganligi bilan ham belgilanadi. Shu sababli tafakkur faqat boy bo’lgailidagina emas, shu bilan birga, u ham chuqur bo'lganida, bunday tafakkur mazmundor tafakkur deb hisoblanadi. Voqelikning eng muhim, xossalari va sifatlari, eng muhim bog’lanishlari va munosabatlari tafakkurda aks etganida bunday tafakkur chuqur tafakkur deyiladi.
Tafakkurning mazmundorligi (boyligi va chuqurligi) odamning faoliytiga, bilimiga va tajribasiga, odamda xayolning qay darajada rivoilan­gainligiga va odamda qiziqish, havaslarning borligiga bog'liqdir.
Aqlning tanqidjyligi o'zining-yoki o’zgalarning fikrlarini haqiqatga mos bo'lish-bo'lmaslik jihatidan tekshira bilishda va shu fikrlarga baho bera bilishda ifodalanadi. Aqlning tanqidiyligi aytilgan fikrlarning tur­mush uchun amaliy qiymatini aniqlay bilishda ham ifodalanadi. Aqlining «tarnqidiyligi» odamning o`z fikrlariga va o'zganing fikrlariga tanqidiy nazar bilan qarashi demakdir.
Fikrlash vazifalari boshqa kishilar tomonidan qo’yilganidagina va qo'yilgan vazifalar faqat tayyor shakllarga asoslanib va boshqa kishilar­ning bevosita yordami bilan hal qilinayotganiqagina ozmi-ko'qmi faol ravishda ishga solingan tafakkur nomustaqil tafakkurdir. Tafakkurning mustaqilligilli uning boshqa kishilarning tafakkuridan to'la ravishda mustaqil va ajralgan tafakkur tariqasida tushunish yaramay­di, albatta. Tafakkurning mustaqilligi haqiqatga olib kelganidagina, odam o'zining fikrlash faoliyatida ilmiy asoslarga, progressiv tashabbuslarning hammasiga tayangandagina bunday mustaqillik qimmatga ega bo'ladi.
TAFAKKURNING O'SISHI
Bola tug’ilgan kunidan boshlab ba'zi narsalarni sezish va ba'zi hislarni ajratish qobillyatiga ega bo'ladi. Lekin hali bu bolada fikr qilish bo’shaydi; bola o'sgan sari, tajriba to'play borgan sari nutq orqali aloqa imkoniyati kengayib, faoliyati o'sib borgan sari ta'lim va tarbiya jarayonida uning tafakkuri ham o'sa boradi.
Yasli yoshidagi bolalarrning tafakkuri Bolalar tili chiqib, yaxshi gapira borgan sari, ularda fikrlar, ya'ni mugokamalar va ttushunchalar shaklida ifodalanadigan tafakkur jarayonlari ham o'sib boradi. Lekin idrok va tasavvurlarning obrazlariga tayanuvchi hamda ish-harakatlarda ifodalanuvchi boshlang'ich aniq tafakkur bolalarda tili chiqmasdan oldin pavdo bo’la boshlaydi. Yasli yoshidagi bolalarning tafakkuri hali juda cheklangan bo'ladi. Yasli yoshidagi bola, asosan, o'zi shu onda idrok qilgan narsalari to'g'risida fikr qiladi. Ushinskiy degan ediki: «Bola agar shunday deb aytish mumkin bo'lsa, shakllar, bo'yoqlar, tovushlar, umuman sezgilar orqali fikr qiladi». Yasli yoshidagi bolalarda fikr qilish jarayonlari ularning hali sodda nutqlarida ifodalanadi. Bu nutq ko`pincha boshqa kishilarga murojaat qil­may, o'ziga gapirishdan iborat bo'ladi. Bu fikr qilish jarayonlari ayni vaqt­da idrok qilinayotgan narsalar bilan qilingan ish-harakatlarga bog'liq bo'ladi.
Bu yoshdagi bola narsalarni birining ustiga birini qo'yib yoki yonma­yon qo'yib taqqoslaydi: masalan, o'z o’yinchog'ini bo'lak-bo'lak qilib sindirib, uni analiz qiladi; kubiklardan yoki cho'plardan «Uy» yasab, sin­tez qiladi; kubiklarni rangiga qarab terib, ularni turkumlarga ajratadi va umumiylashtiradi. Bu yoshdagi bolalarni hali o'z oldiga biror maqsad qo'ymaydi va o'z harakatlarini rejalashtirmaydi. Bola idrok va harakat qilar ekan, ayni vaqtda fikr ham qiladi.
Bolaga biror narsani ko`rsatib va «Bu nima?» deb savol berib, shu narsaning nomini aytish taklit qilinganida u «Stol» deb javob beradi, ya'ni o'z hukmini aytadi, «Qani aytchi, bu nima?» deyilgan savolga, «Bu kosa» deb javob beradi va hokazo. Agar bola narsaning nomini billmasa, u savol bergan kishiga burilib, odatda uning shu narsa nominii aytib berishini kutadi. idrok qilinayotgan narsaning nomini aytishning o’ziyoq hukmdir. Lekin bolalar narsalar to'g'risida mana shunday bevosita -hukmlar aytish shu narsalarning nomini aytib berish bilangina cheklanmaydilar, bolalar narsalarning ayrim belgilarini, sifatini, harakatini, ya'ni o’zlari o'z tajriba­larida tanishgan, o'z1ari idrok qilgan belgilarini ham aytib beradilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tafakkurning o'sishi
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri ham, asosan aniq­amaliy va aniq-yaqqol tafakkur bo'ladi. Lekin tarbiya ta'siri bilan tajriba va bilimlar to'planishi sababli hamda umuman aql-idrokning birmuncha o'sganligi sababli, maktabgacha tarbi­ya yoshidagi bolaning tafakkuri yasli yoshidagi bolaning tafakkuriga nis­batan ancha mazmunli bo'lib qoladi. Uning fikrlash jarayonlari ham ancha takomillashadi: uning taqqoslashi ancha aniqroq bo'ladi, analizi ancha mufassalroq, umumiylashtirishlari ancha aniq va kengroq bo'ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola biror ishni qitayotganida shu ishning maqsadini oldindan belgilab qo'yadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola­ning mana shunday fikrlash jarayoni ancha murakkabroq bo'lgan o'yin faoli­yatida va uning uyidagi o'zi uddalaydigan mehnat faoliyatida namoyon bo’ladi hamda o'sib boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o`yinda va mehnatda boshqalarning harakatlariga ko'pincha taqlid qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, ba'zi vazifalarni o'zi ham mustaqil qiladigan bo'lib qoladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola nutqning o'sib borishi va uning kattalar bilan nutq orqali qilayotgan aloqasi kengayib borishi undagi tafakkurning shakllanishida, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo'ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning fikr qiladigan narsalar doira­si ham kengaya boradi. Bu narsalar doirasi bola o'zi bevosita idrok qili­nayotgan narsa chegarasidan ham chetga chiqadigan bo'lib qoladi. Maktab­gacha tarbiya yoshidagi bola o'zi shu onda idrok qilayotgan narsalar to’g’risidagina fikr qilib qolmasdan, balki o'zi ilgari idrok qilgan narsalar to’g'risida ham fikr qiladi. Maktabgacha arbiya yoshidagi bola xayolining o'sib borishi sababli u yaqin kelajak to'g'risida ham, ya'ni ertagi kun to’g’risida, bo'ladigan bayram to'g'risida, yaqinda yoz bo'lishi to'g'risida boshqa shu kabilar haqida fikr qiladigan bo'lib qoladi. Ertaklardagi voqealarni xayol qilishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri uchun material bo'ladi.
Bog'lanishli nutq o'sib borgan sari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri faqat ayrim-ayrim hukmlardagina ifodalanib qolmas­dan, balki, shu bilan birga, muhokamalar tatiqasida ham ifodalanadi. Lekin bu muhokamalarda hamisha muayyanlik va izchillik bo'lavermaydi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'z muhokamalarida ko`pincha bir narsadan ikkinchi narsaga «sakrab» o’taveradi, o'zining tasdiqlab va inkor qilib aytgan so'zlarida zidlik borligini payqamaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o`z muhokamalarida, asosan, analogiya (bir-biriga o'xshatish) yo'li bilan xulosa chiqaradilar. Maktab­gacha tarbiya yoshidagi bolalar maktab yoshiga yetay deb qolganlarida, ularda deduksiya va induksiya yo'li bilan xulosa chiqarish qobiliyati o'sa boshlaydi. Bolalar bunday xulosalar chiqarish shaklini kattalardan nutq bilan birgalikda o'rganib oladilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning miyasida ko'pgina aniq tu­shunchalar turadi, bu tushunchalar maktabgacha tarbiya yoshidagi bola­ning turmush tajribasida va kattalar bilan nutq orqali qilingan aloqa jara­yonida hosil bo'ladi.
Yasli yoshidagi bolaning tushunchalariga nisbatan maktabgacha tar­biya yoshidagi bolaning tushunchasi anchagina sermazmun bo’ladi, ya'ni uning tushunchasida narsaning belgilari ko'proq aks etgan bo'ladi. Lekin. shu bilan bir vaqtda, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tushunchalarida narsalarning unchalik ahamiyatli bo'linagan belgilari ham bo'ladi: bu belgilar, asosan, o'zining yorqinligi, chiroyliligi, harakatchanligi va boshqa shu kabi xususiyatlari bilan bolaning diqqatini o'ziga tortgam belgilardir.Tafakkur - narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishi.
Analiz – narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilish.Sintez –narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltirish.Abstraksiya –moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratish.
Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «yuaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat.
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir bo‘ladi.
Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.
Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.
Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi.
Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga javobdan boshlanadi.
Tafakkur muammosini ko‘rib chiqqan a.a.smirnov tafakkur va aqliy jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishini tafovutlash zaruriyati haqida ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz assotsiatsiyalardan keng foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini echishda ahamiyatli yordam ko‘rsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat o‘zgacha bo‘ladi. Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda o‘z oldimizga hech qanday maqsad qo‘ymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda bog‘langan bo‘ladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi ko‘p hollarda inson toliqqan bo‘lib, hordiq olishni xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o‘ylar o‘tishini kuzatgansiz. Mana shu o‘ylar ma’lum assotsiatsiyalarga kiradi.
Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr yuritamiz.
Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.
Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon.
Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy faoliyat.
Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o‘taydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Bundan tashqari, bosh miya po‘stlog‘ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan ta’minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini ta’minlovchi miya nutq markazlari ham katta ahamiyatga ega.
Tafakkurning ikki darajasi mavjud: fahm-farosat – abstraksiyalardan foydalanish o‘zgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir bo‘ladigan oddiy tafakkur, sog‘lom fikr, tafakkurning boshlang‘ich darajasi, uning mantiqiy mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini o‘rganadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to‘g‘ri tuzish, dalillarni qat’iy tizimlashtirish, tasniflash layoqati; aql (dialektik tafakkur) – abstraksiyalarni ijodiy qo‘llash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo‘lgan nazariy bilishning oliy darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-qarshiliklarini anglab etadi.
Tafakkurning psixik faoliyat sifatidagi umumiy xususiyatlarni chizma shaklida keltirish mumkin. 2.2 (1-rasm)






 Tafakkurning psixik jarayon sifatidagi umumiy xususiyatlari.
Tafakkur – bu o‘z tuzilishi va turlariga ega bo‘lgan o‘ziga xos faoliyat. Tafakkurning turlarga bo‘linishi shakli, xususiyati, ochib berilganlik, yangililik va voqelikka moslik darajasiga ko‘ra amalga oshiriladi (10.2 rasm).
2.2.(2-rasm)
 

XULOSA
Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.
Tushunchali tafakkur – bu ma’lum tushunchalar qo‘llaniladigan tafakkur. U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz.
Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Ko‘pincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi odamlarda ustun bo‘ladi.
Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi, lekin bunday aks ettirish mavhumdir. O‘z navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi olamni aniq va sub’ektiv aks ettirish imkonini beradi. Shunday qilib, tushunchali va obrazli tafakkurlar bir-birini to‘ldiradi.
Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur obrazlarni qo‘llash bilan bog‘liq. Bu tafakkur odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon bo‘ladi.
Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur – mohiyati real jismlar bilan amalga oshiriladigan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‘lgan tafakkurning alohida turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarda kengroq ifodalanadi.
Yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi so‘z-mantiqiy tafakkur mavjud bo‘lib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining so‘nggi bosqichidir. Unga tushunchalar va mantiqiy hosilalarni qo‘llash xosdir.
TAFAKKUR BUZILISHI

MUNDARIJA:


KIRISH

I.BOB. TAFAKKUR BUZILISHI


1.1. Tafakkurning buzilishi haqida turli-tuman qarash va tariflar.


1.2.Tafakkur buzilishi.......................................................


1.3.Tafakkur buzilishini tekshirish metodlari


II.BOB.TAFAKKUR TUSHUNCHASI


2.1. Tafakkur haqida tushuncha


2.2. Tafakkur va boshqa psixik jarayonlar....


XULOSA



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1.A.N.Leontev. Problem razvitiya psixika
2. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.
3. B.olotova A.K., Makarova I.V. Prikladnaya psixologiya: uchebnik dlya vuzov. M., Aspekt Press, 2002. 383s.
4. Drujinina V.. Psixologiya . Uchebnik. Piter, 2003.
5. K.Mamedov, G'.Shoumarov . Aqli zaif bolalar psixologiyasi
6.P.V.Ivanov .Umumiy psixologiya, 1972 yil.
7. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
8. Y.Fayziyev, E.Eshboyev .Umumiy va tibbiyot psixologiyasi
9. Zamira Nishanova, Shodiya Asomuddinova. Psixologik maslahat
10.Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
11. www.ziyonet.uz
12. www.asab.uz
13. www.avitsenna.uz




Download 261.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling