Tafakkur haqida umumiy tushuncha tafakkur turlari tafakkur va boshqa psixik jarayonlar


III. TAFAKKUR VA BOSHQA PSIXIK JARAYONLAR


Download 76.91 Kb.
bet8/12
Sana21.04.2023
Hajmi76.91 Kb.
#1373342
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Tafakkur haqida umumiy tushuncha tafakkur turlari tafakkur va bo

III. TAFAKKUR VA BOSHQA PSIXIK JARAYONLAR
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda voqe bo'lmaydi balki, aksincha, tafakkur idrok bilan, xotira bilan, xayol va nutq bilan diqqat,
his, iroda bilan. chambarchas bog'langandir. Tafakkur qanchalik murakkab bo'lsa, unda boshqa psixik jarayonlar shunchalik ko'p joy oladi.
Ayrim psixik jarayonlarning tafakkurdagi ahamiyati, jumladan, qu­yidagilardan iboratdir.
Biz idrok qilayotgan voqelik, biz turgan vaziyat tafakkurning birinchi va doimiy mavzuidir. idrok qilish chog'ida turli savollar paydo bo'ladi, savollar esa tafakkur faoliyatini yanada davorn ettiradi. Bizning birinchi fikrlarimiz, birinchi muhokamalarimiz idrok qilinayotgan narsalar to'g'risidagi muhokamalardir. Ba'zan odam hatto abstrakt masalalariii hal qilish paytida ham narsalarni bevosita idrok qilisliga yoki shu narsalar to'g'risidagi tasavvurlariga murojaat qiladi va bunchy qilish ish uchun katta foyda keltiradi.
Biroq, odainning tafakkuri faclat idrok doirasidagina sodir bo'lib qol­maydi. Odam o'zi idrok clilayotgan narsalar to'g'risida ham o'zidagi tajriba­ga tayanib, mavjud tasavvurlarga tayanib, fikr qiladi.
Shu sababli tafakkur jarayonlarida xotiraning faoliyati, jumladan, esga tushirish jarayoni katta o'rin oladi.
Xotira tasavvurlari, shuningdek, ilgari o'zlashtirib olingan fikrlar va bilim­lar shunday materialdirki, tafakkur jarayonlari shu material yordamida voqe bo'ladi. Biz eslab qolgan va tasavvur qilgan voqelik, shuningdek, biz idrok qilayotgan voqelik tafakkurimizning mavzui ho'lib xizmat qiladi.
Turli tasavvur, fikrlarni esga tushirish va to'qnashtirishi jarayonida yangi savollar paydo bo'lach va tafakkurning yangi jarayoni tug'iladi.
Qo'yilgan savollarga odatda xotiramizga murojaat qilib javob qidiramiz va shu javoblarni topamiz. O’z1ashtirib olingan qoidalar, usullar, sxemalar turli vazifalarni yechishda katta ahamiyatga ega va ayni vaqtda tafakkur jarayonlarida esga tushadi.
Ilgari hosil bo’lgan muvaqqat bog'lanishlar — assotsiatsiyalar tafakkur jarayonlarida katta rol o’ynaydilar. Xotirada mustahkamlanib qolgan tajriba va bilimlar odam tafakkurining mazmunli va samarali bo'lishini hiyla darajada belgilaydilar. Tafakkur jarayonlarida xayol (fantaziya) katta o`rinni oladi. Tafakkur uchun kerakli aniq obrazli material xotiradan olinga­nidek, fantaziyadan ham olinadi. Bu xayol obrazlaridir. Masalan, kelajakka
yaratilgan tafakkur jarayonlari xayol yaratib berayotgan obrazlarga tayanadi. Bizning ko'pgina tushunchalarimiz ham xayol yaratib bergan tasav­vurlarga tayanadi. Xayol faoliyati, masalan, umumlashtirish, taxmin qilish, faraz (gipoteza), abstraksiyalash singari fikrlash operatsiyalarida namoyon bo'ladi. Shu jarayonlarning hammasi xayolning ishtirokisiz ro'yobga chiqmagan bo'lur edi.
Xayol tafakkurning kengligiga va sermahsul bo'lishiga ta'sir qiladi, tafakkurga ijodiy va original tus beradi. Xayol qilish qobiliyati sust rivoj­langan kishilarda, tafakkur ularning o'zlarida bo'lgan tajriba va bilimlar orasida voqe bo'ladi. Bu tafakkur atrofdagi narsalarga qopishib qolganligi», ham mahsulligi, o'zining original bo'lmasligi va biron nimani ixtiro qilmasligi bilan farq qiladi, ko'piricha yuzaki va mayda-chuyda narsalar to'g'risida fikr yuritish bilan cheklanadi. Shu sababli, keng, kuchli va real fantaziyani rivojlantirish keng, mazmunli, original va ijodiy tafakkur­i rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biridir.



Download 76.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling