Tafakkur haqida umumiy tushuncha tafakkur turlari tafakkur va boshqa psixik jarayonlar


Maktabda ta'lim jarayonida tafakkuming o'sishi


Download 76.91 Kb.
bet12/12
Sana21.04.2023
Hajmi76.91 Kb.
#1373342
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Tafakkur haqida umumiy tushuncha tafakkur turlari tafakkur va bo

Maktabda ta'lim jarayonida tafakkuming o'sishi
Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta'lim bolalar tafakkurining o'sishi uchun g'oyat katta ahamiyatga egadir.
Ta'lim va maktabda beriladigan bilimlarni o'zlashtirish jarayonida kuzatuvchanlik, xotira va xayol o'sib borishi bilan maktab yoshidagi bola­lar tafakkuriga material bo'ladigan narsalar doirasi kengaya boradi, bola­larda mantiqiy tafakkur va tanqidiy fikrlash o'sib boradi. Ta'lim jarayonida tafakkur katta o'sish yo'lini — aniq tafakkurdan abstract – nazariy tafakkurga o’tish yo'lini o’tadi.
Maktab yoshidagi kichik bolalarning tafakkuri hali ham amaliy, aniq tafakkur bo'ladi, lekin ta'lim jarayonida bunday bolalarning aniq tafakkuri maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aniq tafakkuriga qaraganda, murakkabroq va mazmunliroq bo'lib qoladi, ulardagi fikrlash jarayonlarining hammasi takomillasha boradi. Maktabda o'quvchi bola tobora murakkabroq narsalarni va o'zi idrok qilayotgan narsalarni hamda hodisalarnigina emas, balki, shu bilan birga, tasavvur qilayotgan narsalar va hodisalarni ham bir-biriga taqqoslashni, analiz qilishni va sintez qilishni o'rganib oladi
Bolani maktabda o’qitish jarayonida unda abstraktlash qobiliyati o'sa boshlaydi. Arifmetika o'qitish vaqtida, amaliy, aniq sanashdan abstrak hisoblashga o'tilgan vaqtda, shuningdek, ona tili darslarini o'qish davrida bu qobiliyat sezilarli sur'atda o'sadi, so`ngra maktabdagi hamma fanlarni o’qitish davrida bu qobiliyat yanada o'sadi. O'quvchi bola analiz qilish, abstraktlash va taqqoslashni, mashq qilish yo'li bilan narsalarning muhim
belgilari bilan ahamiyatsiz belgilarini bir-biridan farq qi1ishni va muhim belgilarga qarab to'g'ri xulosalar chiqarishni o’rganadi.
Boshlang'ich maktabning o'zidayoq bolalar birinchi sinfdan boshlab ko'p miqdorda xilma-xil tushunchalarni - grammatikaga, arifmetikaga, tabiiyotga doir va ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni o'zlashtirib oladilar. O'quvchilar o'zlashfirib oladigan tushunchalar doirasi asosan, har qaysi sinf uchun har qaysi fan yuzasidan tuzilgan o'quv dasturi bilan belgilana­di. Muayyan ilmiy mazmunga ega bo'lgan tushunchalar o’quvchilarga mantiqiy ifodalangan shaklda bayou qilib beriladi. o'quvchilarning o'zlari ham tushunchalarni mantiqiy ta'riflab, ularning jins va turlariga doir belgi­larini ko`rsatib, aytib berishni o’rganadilar. O'quvchilar tushuncha va qoidalarni ta'riflab berolmay qolganlarida yoki ta'riflash mumkin bo'lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan ko'rsatib be­radilar.



Download 76.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling