Tafakkur haqida umumiy tushuncha tafakkur turlari tafakkur va boshqa psixik jarayonlar
Download 76.91 Kb.
|
Tafakkur haqida umumiy tushuncha tafakkur turlari tafakkur va bo
IV. TAFAKKURNING SIFATLARI
Ayrim kishilarning tafakkuri o'zining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi jihatidan, mustaqilligi, samaraliligi va tezligi jihatidan turli hollarda turlicha namoyon bo’ladi. Bular tafakkurning sifatini tashkil qiluchi belgilardir. Tafakkurning mazmundorligi, avvalo, u yoki bu narsalar yoki hodisalar to’g’risidagi, voqelikning u yoki bu sohalari to’g’risidagi muhokamalar va tushunchalar odamning ongida qanchalik o’rin olganligidan kelib chiqadi. Odamda fikr nechog’li ko`p bo’lsa va bu fikrlar nechog’li xilma-xil bo'lsa, uning tafakkuri shu qadar mazmunli bo'ladi, uning aqli shu qadar boy bo'ladi. Lekin tafakkurning mazmundorligi mavjud fikrlarning miqdori bilangina belgilanmaydi, tafakkurning mazmundorligi shu fikrlarda nimalar aks ettirilganligi bilan ham belgilanadi. Shu sababli tafakkur faqat boy bo’lgailidagina emas, shu bilan birga, u ham chuqur bo'lganida, bunday tafakkur mazmundor tafakkur deb hisoblanadi. Voqelikning eng muhim, xossalari va sifatlari, eng muhim bog’lanishlari va munosabatlari tafakkurda aks etganida bunday tafakkur chuqur tafakkur deyiladi. Tafakkurning mazmundorligi (boyligi va chuqurligi) odamning faoliytiga, bilimiga va tajribasiga, odamda xayolning qay darajada rivoilangainligiga va odamda qiziqish, havaslarning borligiga bog'liqdir Aqlning tanqidjyligi o'zining-yoki o’zgalarning fikrlarini haqiqatga mos bo'lish-bo'lmaslik jihatidan tekshira bilishda va shu fikrlarga baho bera bilishda ifodalanadi. Aqlning tanqidiyligi aytilgan fikrlarning turmush uchun amaliy qiymatini aniqlay bilishda ham ifodalanadi. Aqlining «tarnqidiyligi» odamning o`z fikrlariga va o'zganing fikrlariga tanqidiy nazar bilan qarashi demakdir. Fikrlash vazifalari boshqa kishilar tomonidan qo’yilganidagina va qo'yilgan vazifalar faqat tayyor shakllarga asoslanib va boshqa kishilarning bevosita yordami bilan hal qilinayotganiqagina ozmi-ko'qmi faol ravishda ishga solingan tafakkur nomustaqil tafakkurdir. Tafakkurning mustaqilligilli uning boshqa kishilarning tafakkuridan to'la ravishda mustaqil va ajralgan tafakkur tariqasida tushunish yaramaydi, albatta. Tafakkurning mustaqilligi haqiqatga olib kelganidagina, odam o'zining fikrlash faoliyatida ilmiy asoslarga, progressiv tashabbuslarning hammasiga tayangandagina bunday mustaqillik qimmatga ega bo'ladi. Download 76.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling