Tafakkur jarayonini oʻrganish va axborot nazariyasi
Download 301.21 Kb.
|
Tafakkur jarayonini oʻrganish va axborot nazariyasi
Analiz (tahlil) narsa - buyumlarni, hodisalarni, jarayonni tarkibiy belgilari, elementlariga, qismlariga bo`lish demakdir. Tahlil jarayonida butunning uning qismlariga, uning elementlariga bo`lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob`ektlari amalda ajratib bo`lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo`lishda ifodalanishi mumkin. Bu fikriy tahlil, ya`ni fikrda qilinadigan tahlildir. Psixologiyani o`rganayotganimizda har bir psixik hodisani bir-biri bilan taqqoslabgina qolmasdan, balki shu bilan birga tahlil ham qilamiz.
Sintez tahlilning aksi yoki teskarisi bo`lgan tafakkur jarayonidir. Bu jarayon ob`ektning ayrim elementlarini, qismlarini, belgilarini bir butun qilib qo`shishdan iboratdir. Sintez jarayonida murakkab bir butun narsa yoki hodisa tarkibiga kirgan elementlar yoki qismlar tariqasida olingan buyum va hodisalarning shu murakkab bir butun narsa yoki hodisaga bo`lgan munosabati aniqlanadi. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlarini bir butun qilib qo`yishdan iboratdir, tahlil amaliy bo`lgani singari sintez ham amaliy bo`lishi mumkin.
Download 301.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling