Tafakkur operatsiyalari. Bundan tashqari, psixologiya bizdagi fikrlash jarayonini ta’minlovchi alohida operatsiyalarni
amaliy - konkret narsalarni bevosita solishtirish; nazariy
Download 37.13 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Tafakkur–voqelikni faol inikosi jarayonidir. Faollik bilish jarayonini butunligicha xarakterlaydi. Umumlashtirish
- Tafakkurning mazkur xususiyati , ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq namoyon bo’ladi.
amaliy
- konkret narsalarni bevosita solishtirish; nazariy - tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash. 3 Tafakkurning o‘ziga xos xususiyatlari qo‘yidagilardan iborat. 1.Tafakkur borliqni umumlashgan obrazlarda ifodalaydi. Hissiy bilishdan farqli o‘laroq, tafakkur predmetlardagi umumiy takrorlanuvchi, muhim jihatlarni ajratib ifodalaydi. Masalan, hayvonlarning tana tuzilishiga qarab biz ularni ma'lum tiplarga yoki kishilarni kasbiga ko‘ra o‘qituvchi, injener, vrach, tadbirkor yoki boshqalariga ajratamiz. 2.Tafakkur borliqni bilvosita ifodalaydi. Hissiy bilish bizning sezgi organlarimizga bevosita ta'sir qiluvchi predmetlar haqida bilim beradi. Tafakkur yordamida esa biz predmetlar haqida bevosita emas, balki bilvosita, ya'ni boshqa bilimlar orqali bilim olamiz. Masalan, qish fasli yaqinlashi bilan havo sovushini bilamiz. Mavjud bilimlar asosida hosil qilingan yangi bilim xulosaviy bo‘ladi. Xulosa chiqarish orqali yangi bilimni hosil qilish insonning bilish faoliyatida keng qo‘llaniladi. Mantiq fani xulosaviy bilim hosil qilish usullari, xulosa chiqarish qoidalarini o‘rganadi. 3.Tafakkur til bilan uzviy bog’liq. Inson miyasida hosil bo‘lgan har qanday fikr til yordamida so‘z va gap shaklida moddiy ko‘rinish oladi. Til yordamida kishilar o‘z fikrlarini uzatadi va yangi bilimlarga ega bo‘ladi. 4.Tafakkur–voqelikni faol in'ikosi jarayonidir. Faollik bilish jarayonini butunligicha xarakterlaydi. Umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish kabi fikriy usullarni qo‘llab, inson voqelikdagi narsalar haqidagi bilimlarni shakllantiradi hamda ularni nafaqat tabiiy til belgilari, balki, zamonaviy fanda muhim rol o‘ynaydigan formallashgan til belgilari vositasida ham ifodalaydi. Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar o’rtasidagi munosabatlarni, bog’lanish usullarini o’rnatishni taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida o’xshash va muhim belgilariga ko’ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish, ularni xarakterlaydigan qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug’iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular o’rtasidagi muhim bog’lanishlar (masalan, ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi. Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita tarzda ham aks ettira oladi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilishi mumkin. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq namoyon bo’ladi. Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bo’lmagan narsalar–yuqori darajada ideallashgan ob‘ektlar (masalan, absolyut qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar)ni yaratish, turli xil formal sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o’rganish, hodisalarni oldindan ko’rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi. Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy hodisada (tovush to’lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o’zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo’lish shaklidir. Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud. Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog’lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar yordamida ko’rib chiqamiz. Ma‘lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to’plami) kishilar tafakkurida turli xil mazmunga ega bo’lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida o’zining maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo’lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. ЇMilliy g’oya‖ tushunchasida esa millatning, xalqning kelajak bilan bog’liq orzu-havaslari, maqsadlari, tub manfaatlari ifoda etiladi. Mazmun jihatidan turli xil bo’lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga ko’ra bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. Xususan, «o’z maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalarining bor ekanligi», «siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «millatning orzu-havaslari, maqsadlarini aks ettirishi», «uning tub manfaatlarini ifoda etishi» milliy g’oyaning muhim belgilaridir. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya‘ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin. Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o’rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo’lish yoki bo’lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan, «YUksak ma‘naviyat-engilmas kuch» degan hukmda predmet (yuksak ma‘naviyat) bilan uning xossasi (engilmas kuch) o’rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquq bilan uzviy aloqada» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o’rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bo’lgan bu hukmlar tuzilishiga ko’ra bir xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) o’rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya‘ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy holda hukmning mantiqiy strukturasini (shaklini) S—R formulasi yordamida ifoda etish mumkin. 4 1. Analiz - butun tarkibiy qismlarga yoki xususiyatlarga (shakli, rangi va boshqalar) ajralib chiqishi 2. Sintez - qismlarni yoki xususiyatlarni bir butunga aqliy integratsiya qilish. 3. solishtirish - ob'ektlar va hodisalarni taqqoslash, o'xshashlik va farqlarni topish Umumlashma - ob'ektlar va hodisalarning umumiy umumiy xususiyatlari bilan aqliy birlashishi. Ma'no munosabat bo'lganligi sababli, kishi hissiyot bilan o'ynashi, uni chalg'itishi, taqlid qilishi, yolg'on qilishi, tuzoqlarni yaratishi mumkin. Chunki, bir holatda, boshqa tomondan bo'lgani kabi, ma'no keskinligidagi munosabatlardan chetga chiqish kerak. Tildagi ma'no munosabatlari spikerning miyasidagi elementlarning yoki tizimlarning fizikaviy munosabatlarining ahamiyatsiz nusxasi emas. Bizning miya vizual maydonimiz ko'zlarimiz ko'rishi kerak bo'lgan ob'ektlarni gapirmasa bo'lgani kabi, so'zlarimizdagi narsalar yoki holatlarning ruhiga qaraydigan korteks qatlamlarida ham hech qanday fikr yo'q. 5. Abstraktsiya - ayrim belgilarni tanlash va boshqalardan tortib olish. 6. Taqqoslash - abstraktsiyaning qarama-qarshi jarayoni. Biz maxsus hodisalardan foydalanamiz. Bu operatsiyalar nafaqat aqlli harakatlarning turli xil qo'shimchalar va mustaqil variantlari emas, balki ular o'rtasida o'zaro muvofiqlashuv munosabatlari mavjud, chunki ular shaxsiy, asosiy vositachilikning umumiy va aqliy faoliyatining maxsus shakllari hisoblanadi. Bundan tashqari, fikrlashning o'zboshimchalik bilan tartibga solinishi operatsiyalarni tiklash imkoniyatini yaratadi: ajratish va ulanish (tahlil va sintez), o'xshashliklarni aniqlash va farqlarni aniqlash (yoki solishtirish: agar A\u003e B, keyin B Download 37.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling