Tafakkur operatsiyalari. Bundan tashqari, psixologiya bizdagi fikrlash jarayonini ta’minlovchi alohida operatsiyalarni
Tushunchalar ko‘lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to‘planma tushunchalarga bo‘linadi
Download 37.13 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word (2)
Tushunchalar ko‘lami jihatidan 3 turga: yakka tushunchalar, umumiy tushunchalar va to‘planma tushunchalarga bo‘linadi.
Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisalar haqidagi tushunchadir. Bunday tushunchalarga sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Sirdaryo tushunchalarini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo‘ladi. Umumiy tushunchalarda bir jinsga mansub bo‘lgan ko‘p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan, kitob, maktab, yulduz, talaba va boshqalar. To‘planma tushunchalar bir jinsga mansub bo‘lgan narsa va hodisalar to‘plami haqida yaxlit fikr yuritiladigan tushunchadir. Masalan, paxtazor, kutubxona, yig‘ilish va hokazolar. To‘planma tushunchalarning bir qanchasi birdaniga tatbiq qilinganda umumiy to‘planma tushunchalar bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Muzeyi tushunchasi, yakka to‘planma tushunchaga oiddir. Guruh, jamoa, xalq, millat va boshqalar, umumiy to‘planma tushunchasiga misol bo‘la oladi. Etti og‘ayni yulduzlar to‘plami, Hamza teatri jamoasi, Paxtakor futbol jamoasi kabilar yakka to‘planma tushunchalar jumlasiga kiradi. Fikr yuritishda tushuncha bilan so‘z o‘zaro bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Bir tomondan so‘z yordamisiz tushuncha vujudga kelmaydi, ikkinchi tomondan so‘z tushunchaning moddiy asosi va funksiyasini bajaradi. Tushunchalar bir yoki undan ortiq so‘zlardan tashkil topishi mumkin. Masalan, xalq degan tushuncha bir so‘zdan, o‘zbek xalqi ikki so‘zdan qahramon o‘zbek xalqi uch so‘zdan, ozodlik uchun kurashayotgan xalqlar, degan tushuncha to‘rt so‘zdan tashkil topgan. Tushunchalar fikr yuritishning asosiy jarayonlari, ya’ni klassifikatsiyalash, umumlashtirish va abstraksiyalash yordami bilan vujudga keladi. So‘zlar, belgilar, simvollar, atamalar tafakkur jarayonida tushunchalarning mazmunini aks ettiradi. I.P.Pavlov ta’biri bilan aytganda, so‘z ikkinchi signal tizimining, barcha signallarning signallaridir, binobarin shu signallarning hammasini ifodalaydi, shu signallarning hammasini umumlashtiradi. Shunday qilib, tushunchalar mohiyati hukmlarda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi. Yangi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni yanada boyitadi. Tafakkur yordamida inson yaratish, kashf etish, ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Demak, yangi tushunchalar, atamalar yuzaga kelaveradi, iste’moldagilari esa yangi mazmun kasb etadi. Determinizm tamoyiliga binoan so‘zlar yangi tushunchalar yaratilishiga vosita bo‘lib xizmat qilaveradi, shuning bilan birga tushunchalar zamirida yangi so‘zlar va iboralar vujudga keladi, yoinki yangicha talqin qilish kuchayadi. So‘z bilan tushunchalarning chambarchas bog‘lanishi va munosabati filogenezda ham ontogenezda ham operatsional va funksional xususiyatlarniъ yo‘qotmaydi. Download 37.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling