Tafakkur taxliliga kognitiv yondashuv


Download 19.68 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi19.68 Kb.
#1519142
  1   2
Bog'liq
umumiy maqola


Oʻzbekiston Milliy Universiteti Jizzax Filiali, “Psixologiya” fakulteti 312.21-guruh talabasi Shaimova Xurshida Rustam qizi tomonidan yozilgan Maqola

TAFAKKUR TAXLILIGA KOGNITIV YONDASHUV
Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorugʻ istiqboli, birinchi navbatda, taʼlim tizimi va farzandlarga berilayotgan tarbiya bilan chambarchas bogʻliq.
Annotatsiya: Ushbu maqolada tafakkurimizni shakllanishida kognitiv yondashularning axamiyati toʻgʻrisida soʻz olib boramiz. Kognitivlik xususiyatlari bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan jihatlarni taxlil qilamiz. Inson ongi uning psixologik jarayonlari bugungi kun bilan bogʻliq boʻlgan texnika asri zamonini anglash bilan bir qatorda insondagi tafakkur jarayonlari bilan bogʻliq belgilar borasida soʻz olib boriladi.
Kalit soʻzlar: Tafakkur, kognitiv, psixologik, texnika, intellektual, Sun’iy intellekt, internet.
Annotation: In this article, we will talk about the importance of cognitive approaches in the formation of our thinking. We analyze aspects closely related to cognitive characteristics. In addition to the understanding of the age of technology, where the psychological processes of the human mind are related to the present day, it is also discussed about the signs related to the thinking processes of a person.
Keywords: Thinking, cognitive, psychological, technique, intellectual, Artificial Intelligence, internet.
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur atrof­dagi olamni bilish qurolidir va inson oqilona amaliy faoliyatining vujudga kelishi uchun shartdir.
Tafakkur jarayonida fikr paydo bo'ladi, bu fikrlar insonning ongida muhim tushunchalar shaklini oladi. Tafakkur nutq — til bilan chambarchas bog’langan. Insonda tafakkur va nutq bo’lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi va shu sababli u ongli mavjudotdir. Inson o'z atrofidagi olamda bo’lgan buyumlar va hodisalarni ongli ravishda idrok qiladi, ongli ravishda eslab qoladi hamda esga tushiradi va ongli ravishda harakat qiladi.
Sezgi va idroklarga, xotira va tasavvurlarga nisbatan tafakkur odam­larning bilish va amaliy faoliyatida alohida ahamiyatga ega.

Download 19.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling