Tafakkur taxliliga kognitiv yondashuv


Download 19.68 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi19.68 Kb.
#1519142
1   2
Bog'liq
umumiy maqola

Masalan, biz quyoshning har kun Sharqdan chiqib, G'arbga botayot­ganligini hammamiz ko'ramiz (idrok qllamiz). Biz Yerning qimirlamay turganligini, quyosh esa yer atrofida aylanayotganligini ko'ramiz. Ko'p asdar davomida juda ko'p kishilarning qilgan fikriy faoliyati natijasida­gina, uzoq davom etgan kuzatishlar va tidqiqotlar natijasidagina haqiqat­da quyosh yer atrofida aylanmasdan, balki yer o'z o'qi atrofida va quyosh atrofida aylanayotganligi aniqlandi. Demak, quyoshning harakati to'g'risidagi bizning bevosita idrokimiz voqelikka, haqiqatga to'g'ri kel­mas ekan, -voqelikning to'g'ri aks etishi, ya'ni haqiqat — bunch tafakkur yordami bilan aniqlandi. Yuqoriroq bosqichlarda bunday fikrlash tafakkur jarayonlaridagi hosil bo’lgan ko’kmlar va tushunchalar ularning chinligini yoki chin emasligini aniqlaslida ifodalanadi.

Kognitiv jarayon-Aqliy jarayonlar yoki bilish jarayonlari deyiladi biz amalga oshiradigan turli xil aqliy operatsiyalar ma'lumotni idrok etish, kodlash, saqlash va bog'lash maqsadida. Bu tashqi dunyodan sezgirlar orqali olingan va bizning ichki forumimizda avtonom tarzda tuzilgan ma'lumotlar bo'lishi mumkin.


Ushbu jarayonlar atrof muhitga moslashish maqsadini bajarish, bu sodda tuyulishi mumkin, ammo aslida bu biz o'zimizning xulq-atvorimizni o'zgartiradigan, kelajakdagi harakatlarni bashorat qiladigan, faraz va nazariyalarni shakllantiradigan va o'zimizga qo'ygan maqsadlarni amalga oshiradigan juda murakkab dinamikadir.
Inson butun borliqni his qilishi uchun unga taffakkurning oʻrni muhim ahamiyat kasb etadi. Tafakkur orqali inson nihoyatda aqlbovar qilmas marralarni zabt etadi. Inson tafakkurini onglilik darajasini oshirib borishi bu oʻz ustida tinmay ishlashi jarayonida amalga oshadi. Tafakkur taxliliga kognitiv yondashuvlik jihatlarini oʻrganishimizdan avval esa kognitiv tushunchasi haqida oʻrganib chiqishimiz lozim. Kognitiv bu bilimlarni o’zlashtirish jarayoni(idrok) atrof-muhit tomonidan olingan ma’lumotlar, o’rganish natijasida hosil boʻladi.
Shu qatorda kognitiv so’ziga qaraydigan boʻlsak u lotin tilidan olingan boʻlib, ya'ni Men bilib olaman, Bu nima degani bilish. Bilish intellektual rivojlanish va tajribaning bir qismi bo’lgan fikrlash, til, idrok, xotira, fikrlash, e’tibor, muammolarni hal qilish, qaror qabul qilish va boshqalar kabi ko’plab omillarni o’z ichiga oladi. Bu bilan birga biz kognitiv psixologiyaga ham yuzlanamiz, kognitiv psixologiya, kognitiv fanlar doirasida, har bir shaxsning xatti-harakatiga va intellektual rivojlanishiga ta’sir qiluvchi aqliy jarayonlarni o’rganish bilan bog’liq. Shveytsariyalik mutafakkir, psixolog, biolog va epistemolog Jan Piyagening fikriga ko’ra intellektual faoliyat organizmning o’zi, har bir insonning biologik evolyutsiyasi bilan bog’liqligini takidlab oʻtadi. Kompyuter psixik jarayonlarni tadqiq etish vositasi va ularning metaforasi sifatida. Kompyuter bilan dialogda tafakkurni psixologik tadqiq etish. Tafakkur taxliliga axborot-kognitiv yondashuv. Tafakkurni izoxlashning axborot va psixologik yondashuvlarini oʻz ichiga oladi. Bugungi kunda “Sun’iy intellekt” va inson tafakkuri juda tez shiddat bilan oʻsib bormoqda. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari va texnika asrida insonlarni hayotini texnikasiz internetsiz tasavvur qilish qiyin. Shu darajada ong darajasi ham oʻsib borayaptiki odamlar turli murakkab ixtirolar yaratmoqda. Tafakkur taxliliga yana bir yondashuv usulimiz esa kompyuter Kompyuterda aqliy faoliyat samaradorligini oshirish uchun foydalanish.
Ya'ni texnika asri zamonaviylashgan davrda kompyuter har bir honadonda topilsa kerak kompyuterda aqliy faoliyat turlarini rivojlantirish ham kognitiv yondashularning asosiy sifatlaridan desak adashmaymiz.
XULOSA
Tafakkur taxliliga ham kognitiv yonadush bu psixologik jarayon hisoblanadi. Inson tafakkuri shakllanishi uchun unga har tomonlama ruxan yengillik hamda dalda kerak boʻladi. Biz bugungi kunda biror bir shaxsning oilamiz a'zosi, oʻzimiz kim boʻlishidan qat’iy nazar uning psixologiyani ongini rivojlantirishda mustaqil erkin komil inson sifatida rivojlanib borishiga e’tiborimiz markazini qaratishimiz lozim. Tafakkur orqali inson ongi rivojlanadi, atrof muhit tashqi olamga boʻlgan nazariy qarashlari oʻzgaradi. Demak shundan kelib chiqib aytish mumkinki inson tafakkur olamini qanchalik chuqur o‘rganmaylik va uni har jihatdan taxlil qilmaylik huddiki bitmas tuganmas xazina kabi chegarasi yoʻq.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 2005
2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 2016
3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”
4. L.P. Xoxlova Talabalar uchun psixodogiyadan topshiriqlar.
T. 2013
5. E.G. G’oziyev Tafakkur psixologiyasi. T. 2018
Download 19.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling